Microsoft Word maq togay murod ziyouz com doc



Yüklə 138,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/20
tarix02.12.2023
ölçüsü138,64 Kb.
#171184
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Dilmurod Quronov va b. Tog\'ay Murod xirgoyilari

Ulkan boylik 
Xat-savodli kishilar (ziyolilar) faqat kitob o‘qir edilar. Magazinlarda kitob qolmas edi. Kishilar 
(kitoblarni) sotib olib (qo‘yar)kelardilar. Magazinlardan topolmagan kitoblarini...qora, chayqov 
bozoridan izlab topar edi(lar). (Ziyoli) qimmat bo‘lsa-da, kitob sotib olar edi. Shu kitobni o‘qir edi. 
O‘zgalar bilan shu kitob haqida suhbatlashar edi, bahslashar edi. Keyin shu kitoblarini uyidagi 
tokchaga qator qilib tizib, terib qo‘yar edi. Kelgan-ketganlarga ana shu kitoblarini ko‘z-ko‘z etar edi. 
O‘zining ulkan boyligi sifatida saqlar edi. Ana shu kitoblarini qayta-qayta o‘qir edi. 
O‘zi, odatda, eng noyob bisot-narsalar qora bozorga chiqadi. Juda qadr-qimmatli narsalar qora 
bozorda bo‘ladi. Qora bozorda ikki-uch barobar qimmat narxda sotiladi. 
Men qora bozorda kostyum-shimdan qimmat narxda sotilgan kitoblarni ko‘rdim. Yapon 
televizorlaridan ham qimmat, kaftday-kaftday kitob(lar)ni ko‘rib edim. Ko‘zimni chirt yumib, shu 
qimmatbaho kitoblarni (sotib) olib o‘qib edim. 
Odamlar, ayniqsa, yoshlar ertayu kech televizor ko‘radi. Televizorga qarab... ovqat yeydi, 
televizorga qarab... uxlaydi, dam oladi. 
Ular (yoshlar) qanday qilib insho yozadi, diktant yozadi? Ular Navoiy she’riyatini tushunmay 
o‘tirsalar, Bobur she’riyatiga uzzukun termilib, (tushunmay) o‘tirsalar... Ular shundan keyin (albatta) 


Tog’ay Murod xirgoyilari 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
Bobur (avlodlari) kimligini bilmaydilar. Ular tilni bilmaydilar. (Axir) ular telereklamalarga tikilib 
o‘tiradilar. Reklamalar esa... oldi-qochdi, savdo-sotiq so‘zlardan iborat. 
Televizor — bir quti. Mashina — quti. U qanday yaratilgan? Olimlar kitob o‘qib-o‘qib, 
televidenieni yaratdi. Kitob yaratib-yaratib, televidenieni o‘ylab topdi. Ya’ni televidenieni kitob 
yaratdi. Barcha texnikalar kitob mahsuli. Yozma madaniyat, san’at mahsuli. Yozma harflar mahsuli. 
Yozma harflardan kitob bo‘lmasa edi, tsivilizatsiya bo‘lmas edi. Biz ana shu poydevorimizdan olislab 
ketayapmiz. (Kitobga qaytish, adabiyotga da’vat etish payti keldi). 
Ma’suma Ahmedova tayyorladi. 
"Yoshlik" jurnalidan olindi. 

Yüklə 138,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin