Taxallus: Navoiy, Foniy Tavallud sanasi



Yüklə 280,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix02.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#171235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
alisher navoiy - wikipedia

Lirik merosi 
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig’ib, 
«Ilk devon»
(1464-65) tuzgan edilar, so’ngra 
«Badoyiul-bidoya»
 (
«Go`zallikning boshlanishi»
), 
«Navodirun-nihoya»
 (
«Nodirliklar nihoyasi»

nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq 
«Xazoyinul-maoniy»
nomli to’rt devon (1491—1498)ga jamlangan. Navoiy she’riyatining 
mavzular doirasi keng, janrlar ko’lami (16) xilma-xil. G’azallari 
«oshiqona, orifona, rindona»
(Shayxzoda) sifatlar bilan o’rganiladi. G’azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg’un 
holda ulug’lanib, 
«majoz - haqiqat ko`prigi»
 aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy 
she’riyatidagi zohiriy ma’no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o’rgangandagina 
ularni idrok etishga erishish mumkin. 
«Nazmul-javohir»
 (1485) Hazrat Alining 
«Nasrul-laoliy»
 asarining turkiy nazmga solingani 
bo’lib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-ta’limiy qarashlar o’z aksini topgan. 
O’R FA ShIda
 (3-fond) Navoiyga mansub 24 asarning 254 qo’lyozmasi saqlanadi, undan 
ko’pchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yig’ilib, 
tasnif etilgan. 
«Ilk devon»
 Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) 
saqlanadi. 
«Navodirun-nihoya»
 
O’R FA ShI
(inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir bo’lib, 
ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) 
tomonidan ko’chirilgan. 
Xamsa 
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi 
«Xamsa»
 asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan 
bo’lib, turkiy tilda to’liq 
«Xamsa»
yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish 
mumkinligini isbotlab berdi. 
«Xamsa»
 tarkibiga 
«Hayratul-abror»

«Farhod va Shirin»

«Layli va Majnun»

«Sab’ai sayyor»

«Saddi Iskandariy»
kabi dostonlar kiradi. 
«Hayratul-abror»da
 hamd, munojot, na’t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, 
borliqqa, tabiatga, insonga bo’lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy, axloqiy 
va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, 
farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo’lida ulusdan o’ta olmaganini 
anglatish bilan o’zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi. 
«Farhod va Shirin»da
 qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi 
vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o’sha sharafli nomning himoyasi 
orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, 
Farhod orqali o’zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali 
Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an’analari yangilangan bo’lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz 


adabiyotining o’zak muammolarini hal etishda asosiy o’rin tutdi va bu yo’nalishda Ahmad 
rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi. 
«Layli va Majnun»
 dostonida arab ertaklari orqali ma’lum syujet o’zining tugal shaklini topdi, 
unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, 
Sayqaliy dostonlari uchun ma’naviy zamin bo’ldi. 
«Xamsa»
 tarkibidagi 
«Sab’ai sayyor»
 va 
«Saddi Iskandariy»da
shohlik bilan bog’liq masalalarni birinchi o’ringa olib chiqdi. Bu dostonlar 
xamsanavislik an’anasida o’zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. 
«Xamsa»ga
 ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi. 
O’R FA ShI
qo’lyozmalar fondida 15-20 asrlarda ko’chirilgan 166 qo’lyozma saqlanadi. Ulardan 
84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan. 
«Xamsa»
 haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, 
E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, 
A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Ko’prulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari 
H. Arasli, G. Aliev; o’zbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, 
S.Nazrullaeva, A.Abdug’afurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari ma’lum. 
O’zMUda
 
«Xamsa»ni
tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, 
D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 
Navoiy Devonidan sahifa 

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin