1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o’tiradi, notinchliklar bosiladi. G’iyosiddin
Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o’qishini davom ettiradi. Maktab
yosh Alisherni she’riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo’lajag shoir Sa’diy Sheroziyning
«Guliston». «Bo’ston», asarlarini, Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»(«Qush mantig’i»)ni
so’ngsiz ishtiyoq bilan o’qidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur
mazmuni Alisherning o’y-xayolini tamom egallab oldi: Bir kuni qushlar jam bo’libdi. Har xil:
to’ti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. O’rtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi.
Boshidagi tojini
selkillatib, o’zini ta’rifu tavsif etibdi. So’ng u hammani olam podshosi Semrug’ni izlashga
undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. «Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!» —
deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Smurg’ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi.
Nogoh yo’li Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga g’aeq bo’ldi. Patidan
biri tushib qolgan ekan. Ogoh bo’lganlar aqlu shuurini yo’qotdilar.
Chin mulki esa
hashamat(ulug’vorlikka) chulg’andi. Qushlar zavqu shavq bilan yo’lga tushadilar. Buroq bu
zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar e’tiroz bildirib, uzr aytib, o’zlarini chetga ola
boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrug’ga yetishish baxti oldida bu dunyoning
tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari
qushlarga yangi bir kuch bag’ishlaydi.
Ular hudhudni boshliq qilib, yo’lga tushadilar. Hudhud
buy o’lning ishq yo’li ekanligi, unga kirgan odam Shayx San’on singari o’zligidan kechishi
lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar: Nihoyat, qushlar yeti vodiyni bosib
o’tadilar va o’zlarining Semurg’ ekanligini anglab yetadilar.
«Mantiq ut-tayr» xayoli Alisherga bir umr hamroh bo’ldi. Umrining so’ngida esa «Lison ut-
tayr»(«Qush tili») nomi bilan kitob yozdi. Bo’lajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav
Dehlaviy asarlarini sevib o’qir edi.
1453-yilda Alisherning otasi G’iyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur
hizmatiga kirdi.
Avval Sabzavorda, so’ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do’st — Husayn
va Alisher yana birga bo’ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she’r yod
olganini aytdi. She’r shunchaki nutq o’stirish emas, ma’rifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy
15 yoshlarida o’z she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning
yozishicha, she’rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o’z davrining dongdor shoiri
Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she’r o’qishni iltimos qiladi. Alisher o’zining:
Orazin yopg’och, ko’zimdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim, paydo bo’lur
yulduz nihon
bo’lg’och quyosh. matla’i bilan boshlanadigan g’azalini o’qiydi. She’rdan hayratga tushgan
keksa shoir bunday deydi: «Valloh, agar muyassar bo’lsa edi, o’zumning forsiy va turkey tillarda
aytgan o’n-o’n ikki ming baytimni shu g’azalga almashtirardim va buni o’zimning katta
yutug’im deb hisoblar edim». Bu turkiy (o’zbek) she’riyatiga juda katta iste’dod kirib
kelayotganidan nishona edi.
Dostları ilə paylaş: