Taxallus: Navoiy, Foniy Tavallud sanasi


Alisher Navoiyning yigitlik yillari



Yüklə 280,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix02.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#171235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
alisher navoiy - wikipedia

Alisher Navoiyning yigitlik yillari
 
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn 
Bayqaro taxt uchun kurashga sho’ng’ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o’qishni 
davom ettirdi. Do’stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu 
shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi.Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. 
Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn 
Bayqaroni yaqin kishilarini ta’qib va tayziq ostiga olgan, jumladan, tog’alari Mirsaid Kobuliy va 
Muhammad Ali G’aribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular iste’dodli shoirlar edi. 
Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashashab turgani boshpana ham qolmagandi. U 
shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon 
Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan 
edi. Navoiy — «Mahmud Nuran» deb e’zozlagan bu mashhur shoir va olim o’zini siyosatdan 


uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa’diddin Koshg’ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur 
shyx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, o’sha yerda yashar edi. 
Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she’riy maktubi bor. U «Masnaviy» nomi bilan 
«Xazoyin ul-maoniy»ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan 
Samarqandga jo’nash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida 
Ardasher bilan xayrlashmoqchi bo’lgan, lekin uni topmagan. So’ng ushbu maktubni yozib 
qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va o’z otasidek yaqin ko’rgan Sayyid 
Hasan Ardasherning sifatlarini ta’rif etish bilan boshlanadi. Vatan va do’stlarni tashlab ketish 
og’ir. Xayrlashmay ketish undan ham og’ir. U ulug’ do’stiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. 
Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson so’z bilan ulug’dir, «falak jismining joni»-so’z, ayqisa 
«nazm» (she’r), deydi shoir. Va o’zida she’r yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini 
aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy o’z «Shohnoma»sini 30 yilda yozgan bo’lsa, u 
o’shanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan 
«Xamsa»si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda 
vafo yo’q. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yo’q. Ketaman, 
desang etagindan tutadigan umr yo’ldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan do’sting bo’lmasa. 
Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu shaharga kelishi 
sababini turlicha talqin qiladilar. Xondamir, o’qish uchun keldi, deydi. To’g’ri u Samarqandda 
din huquqshunosi va faylasuf Fazulloh Abullays qo’lida o’qidi. Zahiriddin Bobur uni Abusaid 
surgun qildi deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir 
Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad 
Hojibek rag’bat va hoiylik ko’rsatadi. Nihoyat, Samarqand o’z go’zalligi bilan ham Navoiyni 
maftun etadi. Shoi uni «firdavsmonand»(jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon «gardi 
fano» o’ltirmasligini — zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda 
katta shuhrat topa bordi. 1465—1466-yillarda uning muxlislari she’rlarini to’plab, «devon» 
tuzadilar. Bu kitob bugun «Ilk devon» nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxrida Eronni eggalash 
uchun bo’lgan jangda Abusaid halok bo’ladi. Husayn Bayqaro 1469-yilning boshida Hiroti 
qo’lga oladi va Samarqandga xat yo’llab, Navoiyni o’z yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni 
davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi. 

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin