Taxallus: Navoiy, Foniy Tavallud sanasi



Yüklə 280,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix02.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#171235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
alisher navoiy - wikipedia

Tasavvufiy asarlari 
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa-da, maxsus 
«Lisonut-tayr»
 dostoni(1499)da, 
«Nasoyimul-muhabbat»
manqabasi]]"(1495-96)da, 
«Tarixi 
anbiyo va hukamo»
(1485-8), 
«Arbain»

«Munojot»
 singari asarlarida aks etgan. 


«Lisonut-tayr»da
 borliq va ilohiyot haqaidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi 
fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan. 
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Navoiy asarlarini diniy va so’fiylik jihatidan 
o’rganish kengaydi, ular ob’ektiv va ilmiy bahosini olmoqda. 
«Arbain»

«Munojot»
 kabi asarlari 
chop etildi. Jomiyning 
«Nafahotul-uns min hazarotil-quds»
 tazkirasini tarjima qilib va to’ldirib, 
so’z yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi. 
Nasriy asarlari 
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-
ta’limiy va ilmiy-falsafiy yo’nalishdadir. 
«Mahbubul-qulub»
(1500-01) Navoiyning so’nggi yirik asari bo’lib, unda ulug’ mutafakkir 
adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to’plagan boy tajribasi o’z yuqori darajasida aksini 
topgan. Uch qismdan iborat bu asarda 
«Soriun-nosning af'ol va ahvolining kayfiyati»
(1), 
axloqiy muammolar (2), 
«mutafarriqa favoyid va amsol surati»
 (3) masalalari ifodalangan. 
«Xamsatul-mutahayyirin»
(
«Besh hayrat»
,1494) asarida ustozi va do’sti Abdurahmon Jomiy
uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. 
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher»
(1488-89), 
«Holoti Rahlavon Muhammad»
(1493) asarlari 
manoqib-holot yo’nalishida bo’lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati 
yoritilgan. 
«Munshaot»
 (1498-99) Navoiyning maktublari to’plami (jami 88 ta xat) bo’lib, ular sog’inchlik 
xatlari, navro’z tabriklari, ta’ziyanomalar, siyosiy o’gitlar, sulhnomalar va boshqa 
yo’nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. 

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin