Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Armaturani va qo‘yilgan detallarni charchashga sinash



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

2.6. Armaturani va qo‘yilgan detallarni charchashga sinash 
Charchash metallni ko‘p miqdordagi takroriy o‘zgaruvchan yuklanishlardan 
so‘ng yuzaga keladigan to‘satdan buzilishi bilan tavsiflanadi. 
Temirbeton konstruksiyalardagi armatura va qo‘yiladigan detllarning 
charchash mustahkamligi tavsiflari juda muhim hisoblanadi, chunki temir-beton 
konstruksiyalarning ko‘pchiligi o‘zgaruvchan statik va dinamik yuklanishlar ta’siriga 
duch keladilar. 
Charchashdan buzilish mustahkamlik chegarasidan va hatto elastiklik 
chegarasidan kichik kuchlanishlarda yuz beradi va charchashdan yorig‘lar paydo 
bo‘lishi bilan izohlanadi. 
Metallni charchashga sinashda odatda asosiy metalldan yo‘nib ishlangan 
maxsus silliq namunalardan foydalaniladi. Bunday namunalar armatura po‘latni va 
qo‘yiladigan detallarni sinashga to‘g‘ri kelmaydi. Metalning mustahkamligi 
to‘g‘risida ob’yektiv ma’lumot olish uchun armatura po‘latini haqiqiy ko‘rinishda 
sinash zarur. 
Sinovni pulsatsiya bilan ishlovchi maxsus uzuvchi mashinalarda o‘q bo‘yicha 
cho‘zuvchi o‘zgaruvchan yuklanish bilan amalga oshiriladi. Haqiqiy cho‘zilishda 
yoki siqishda metallarni sinash uchun GRM-2A mashinasidan foydalaniladi (2.13-
rasm), bu mashina ikki sistemadan — qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi sistemadan 
iborat. Qo‘zg‘almas sistemaga asos, vertikal kolonnalar va kolonnalarni 
tutashtiruvchi yuqori to‘sin kiradi. Revers vazifasini bajaruvchi qo‘zg‘aluvchi 
yuqoridan tutib turuvchi to‘sindan, vint rezbali ko‘tarma tortqilardan va kichik 
qo‘zg‘aluvchan to‘sindan iborat. Mashinada elektroyurgizgich yordamida siljib 


105 
yuruvchi quyi tutqich, siklik yuklanishni vujudga keltirish uchun bir porshenli nasos 
ko‘rinishidagi pulsator va boshqarish pulti mavjud. 
 
2.13-rasm. Siklik cho‘zishda yoki siqishda materiallarni charchashga sinash uchun GRM–2A 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin