Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
ikkinchi tomondan ijtimoiy ong shakli ekanligi; badiiy adabiyotni san’atga doxil etuvchi obrazlilik va obraz tushunchalari ayni shu bo‘limda o‘rganiladi. Badiiy adabiyot spetsifikasini yaxshi tasavvur eta olgan talabagina bugungi adabiyotshunoslikda bahsli bo‘lib turgan muammolar mohiyatini anglashi, yaqin kelajakda ularga nisbatan o‘z mavqeini belgilay olishi mumkin bo‘ladi. Badiiy adabiyotning ijtimoiy ong sohasi sifatida ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqasi, ularning orasida tutgan o ‘rni, ular bilan aloqasi, o‘ziga xosligi kabi masalalar ham shu boMimda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, badiiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan mushtarak va farqli tomonlari, ular bilan aloqaning adabiyot rivojidagi ahamiyati kuzatiladi. Ushbu boMimda ko'riladigan masalalar ancha murakkab, tushunilishi qiyinroq va shuning uchun sizlar uchun zerikarli ko‘rinishi ham mumkin. Biroq mashg‘ulotlarda faol bo‘lsangiz, aytilayotgan gaplarni mushohada qilib, o ‘zingizning munosabatingizni bildirib tursangiz, bu tasavvur tezda yo‘qoladi. Biz yuqorida adabiyotshunoslikni sistema deb aytdik, sistema esa qismlari o'zaro uzviy bog‘langan butunlikni ko‘zda tutadi. Ya’ni uning birorta bo'limi tushunilmasa, qolgan qismlarini ham tushunish qiyinlashadi. Zero, keyingi boMimlarda ko‘riladigan masalalar birinchi boMimda ko‘rilgan masalalar bilan mustahkam aloqadadir. Ikkinchi bo‘lim «Badiiy asar haqida ta’limot» deb nomlanadi.
Bu bo‘limda badiiy asar tuzilishi, uning shakl va mazmun tomonlari o‘rganiladi. Badiiy asami tahlil qila bilish, uning mohiyatiyu