Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
ba’zan asar yaratilgan davrda o ‘quvchilaming tub estetik qatlamni ilg‘ab olishlariga, uni munosib baholay olishlariga xalal berishi ham (M.Muhammad D o‘stning «Lolazor» romani) mumkin. Konkret badiiy asar mazmuniga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri ijodkor dunyoqarashidir. Inson voqelikni, unda yuz berayotgan hodisalami o‘zining dunyoqarashi bilan bogMiq holda ko‘radi. Shunga ko‘ra, biz «real voqelik» deb atayotgan narsa turli individlar ongida turlicha akslanadi va turlicha baholanadi, demakki, «haqiqat» tushunchasi nisbiydir. Bir davrda yashagan bir necha ijodkoming bir xil mavzudagi asarida tamoman farqli g‘oyalaming ilgari surilishi, voqelik ularda turlicha baholanishi mumkindir. Fikrimizni oydinlashtirish uchun tematik jihatdan bir-biriga yaqin boMgan «Kecha va kunduz» va «Qutlug‘ qon» romanlariga bir qurgina qiyosiy nazar tashlash foydali. Har ikki roman ham jamiyatning muayyan bosqichdagi holatidan «qoniqmaslik» yoxud unga nisbatan «isyon» natijasi oMaroq yaratilgan. Deylik, sotsialistik ideallarga chin dildan ishongan Oybek ruhiyatiga 30-yillar voqeligi qattiq ta’sir qilgan: adib ongida ziddiyat va chigalliklar(ideallarida shubhalanish) paydo boMganki, ulami hal qilish uchun yaqin o ‘tmishni badiiy tadqiq yetishga jazm qilgan. Biz Oybek o ‘tmishni atayin rasmiy nuqtai nazaiga mos yaratgan, degan fikrdan mutlaqo yiroqmiz. Aksincha, adib o ‘z
ideali asosida ko‘rilgan voqelikni «Qutlug‘ qon» badiiy voqeligida haqqoniy aks ettirgan, uning vositasida yurtining taraqqiyot yo‘lini badiiy tadqiq etgan va shu asosda o'zining konsepsiyasini butlab olgan. Ya’ni yaqin o ‘tmishning badiiy tadqiqi asosida Oybek oktyabrda