Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


— badiiy konsepsiya) o ‘sib chiqadi



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

— badiiy konsepsiya) o ‘sib chiqadi.
Mazmunning shaklga ta’sirini, uning belgilovchilik xususiyatini
shu asosda yana bir bor kuzatish imkoniga egamiz. Birinchidan, tasvir
va tadqiq uchun tanlab olinayotgan hayot materiali ixtiyoriy (spontan)
bo‘lmay, qo‘yilgan problemani badiiy idrok etishga eng optimal
imkoniyat berishi zarur; ikkinchidan, obrazlar sistemasi, har bir


obrazning bu sistemada tutgan mavqei, konflikt turi, kompozision
qurilish, janr — bular hammasi problema va tendensiya talabidan
kelib chiqadi.
Shu o'rinda masalaning ikkinchi muhim jihatiga e’tibor zarur:
badiiy asardagi shakl komponentlarining har biri mazmun
komponentlaridan konkret bittasi bilan bevosita bog‘lanadiki, bu badiiy
asarda shakl va mazmunning birligini namoyish etadi. Mavzuni badiiy
tadqiq uchun olingan hayot materiali desak, u holda ayni shu
materialni uyushtirish syujet zimmasiga tushadi. Muallifni o ‘ylatgan
problema asar konfliktida o'z aksini topsa, uning g'oyaviy-hissiy
bahosi ko‘proq kompozisiyaning muhim unsuri bo‘lmish obrazlar
tizimida bo‘rtib ko'zga tashlanadi. Nihoyat, muallifning badiiy hukmi
— badiiy konsepsiyaning tashkil etilishi va ifodalanishida kompozitsiya
hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, badiiy asar mazmuni
ko‘p qatlamli hodisa bo'lib, ulardan ikkitasi — aktual va tub estetik
qatlamlar universal xarakterga ega. Aktual qatlam deyilganda asarning
ijtimoiy-siyosiy mohiyati tushuniladiki, u bevosita asar yaratilgan
davrning ijtimoiy-siyosiy maqsadlariga qaratiladi. Ijodkor muayyan
bir davr kishisi, u zamonasining muammolaridan forig‘ bo‘lolmaydi,
atrofida yuz berayotgan hodisalarga o ‘zining g‘oyaviy-hissiy

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin