tasnif qilishda hali hanuz bir xillik yo'q. Adabiyotshunoslikda «shakl» va «mazmun» kategoriya sifatida XYIII asr oxiri XIX asr boshlaridan o'rganilishiga qaramay, hali bu masalaning tugal hal etilmaganligi shakl va mazmunga bo'lishdagi shartlilikni yaqqol ko'rsatib turadi. Adabiyotshunoslikka oid asarlarni ko'zdan kechirsangiz, ularda shakl va mazmun komponentlari tasnifi masalasida, qaysi unsurlami shaklga, qaysilarini mazmunga daxldor deyish masalasida turlichalik mavjudligiga guvoh bo'lasiz. Biz quyida bunga ayrim misollami keltirib o'tamiz: 1) tema, problema, ideya — mazmun unsurlari; syujet, kompozitsiya, til, ritm, obrazlar sistemasi — shakl unsurlari (Shepilova);
2 ) tema, ideya, xarakter — mazmun unsurlari; syujet, kompozitsiya, til — shakl unsurlari (L.Timofeev); 3) tem a, ideya — mazmun unsurlari; obraz, syujet, kom pozitsiya, ritm, til — shakl unsurlari (V .G u lyayev, G. Abramovich); 4) tema, g'oya — mazmun unsurlari; obraz — ham shakl, ham mazmun hodisasi; til, badiiy tasvir vositalari, konflikt, kompozitsiya, tur, janr, she’r tuzilishi — shakl unsurlari (T.Boboyev); 5) uslub, janr, kompozitsiya, til, ritm - shakl unsurlari; tema, fabula, konflikt, xarakterlar, badiiy g'oya, tendensiya — mazmun unsurlari; syujet ham shakl, ham mazmun hodisasi (V.Kojinov); 6) syujet — shakl ham mazmun unsuri; tema, fabula, obrazlar sistemasi, konflikt — ichki shakl; kompozitsiya - tashqi shakl; g'oyaviy mazmun — mazmun; Bu tasniflarning hammasida ham asosli va bahsli o'rinlarning borligi ularning shartliligidan kelib chiqadi. Biz ishimizni