37
-aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM hajmining jahondagi o‘rtacha
ko‘rsatkichga nisbatan 4,4 marta (2009 y.), 3,8 martaga (2012 y.) yuqoriligi (1962
yilda – 3,6 marta).
- jamiyatning ijtimoiy tarkibida tabaqalashuv darajasining pastligi va yuqori
turmush darajasiga ega o‘rta sinfning ulushining kattaligi.
Dunyo mamlakatlarining jahon iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi bo‘yicha
guruhlanishi
Birinchi guruh
“Katta yettilik” mamlakatlari tashkil etadi: AQSH, Yaponiya, Germaniya,
Buyuk Britaniya,
Fransiya, Kanada va Italiya. Katta yettilik mamlakatlari jahon
xo‘jaligi tizimining rivojlanish yo‘nalishlarini va barcha davlatlarda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalarini belgilab beradi. Bu yetakchilik mamlakatlar
hududining hajmi va aholisining soni bilan emas, balki jahon iqtisodiyotidagi o‘rni,
yuqori mehnat unumdorligi, fan va texnika sohasidagi
ulkan yutuqlari bilan
belgilanadi.
Ikkinchi guruh
hududiy jihatdan nisbatan katta bo‘lmagan, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasiga ega (Avstriya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya, San-
Marino va b.) mamlakatlar tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarning ba’zilari jahon
tovarlar va xizmatlar savdosida yetakchi o‘ringa ega.
Uchinchi guruh
“ko‘chirib o‘tkazilgan kapitalizm” mamlakatlari (Avstraliya, Yangi
Zellandiya, Isroil).
Jahon iqtisodiyotining markazlari
Jahonning uch iqtisodiy va siyosiy markazi (“triada”)
Shimoliy Amerika – jahon yalpi milliy mahsulotining ¼
qismi ishlab
chiqariladi
G‘arbiy Yevropa – jahon yalpi milliy mahsulotining ¼ qismi ishlab
chiqariladi
Yaponiya – jahon yalpi miliy mahsulotidagi ulushi 7-8%
Jahon “triada”sining har bir elementi o‘z periferiya zonalariga ega. Shu tariqa
haqiqatda barcha omillar ta’siri bo‘yicha ularning jahon iqtisodiyotidagi roli ancha
yuqori
“Katta yettilik” (G-7): AQSH, Germaniya, Yaponiya, Kanada, Fransiya,
Buyuk Britaniya, Italiya
Liberal (amerikacha) model – ushbu modelga xususiy mulkchilik, ishlab
chiqarish, savdo, investitsiya, ishchi kuchidan foydalanish sohalarida bozor-raqobat
mexanizmining ustuvorligi va ijtimoiy tabaqalanishning yuqori darajasi hosdir.
Hukumat iqtisodiyotni makro va mikro darajada qonunlar chiqarish orqali soliq
hamda pul-kredit siyosatini olib borish, raqobatni rivojlantirish, monopoliyalar
hukmronligini
cheklash, aholining ayrim ijtimoiy guruhlari manfaatlarini himoya
qilish kabi maqsadlarda tartibga soladi. Ushbu model AQSH va Buyuk britaniya
uchun xos bo‘lib, hozirda Irlandiya va Italiyaning iqtisodiy tizimi ham ma’lum
darajada liberal modelga yaqinlashmoqda.
38
Ijtimoiy-bozor xo‘jaligi modeli (Germaniya) – ushbu model raqobatga
asoslangan bozor mexanizmi rivojlangan ijtimoiy infratuzilmaga ega ijtimoiy bozor
xo‘jaligini o‘zida aks ettiradi. Bu model tartibga solinmaydigan kapitalizm
sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini (kam ta’minlanganlar,
ishsizlar, yoshlar, kichik va o‘rta firmalar) muntazam qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda
tutadi. Davlat yetarli daromad darajasini mustaqil ta’minlay
olmaydigan ijtimoiy
toifalarning iqtisodiy farovonligini ta’minlashda keng qamrovli majburiyatlarni o‘z
zimmasiga oladi.
Shved modeli – ushbu modelda ijtimoiy konsensusga erishish maqsadida
daromadlarni keng ko‘lamda qayta taqsimlash asosida ijtimoiy kafolatlarni
ta’minlashga erishiladi. Bu maqsadga erishishda umumjamiyat manfaatlari va
xususiy sektor manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradigan kasaba
uyushmalari va turli xil “erkin uyushmalar” muhim o‘rin tutadi.
Bu jarayon
tadbirkorlar va kasaba uyushmalarining kelishuvlari hamda siyosiy kuchlarning
muzokaralari vositasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu model iqtisodiy
qarorlarning turli guruhlar qarama-qarshiligi va maqsadlarini davlatning faol
ishtirokida muvofiqlashtirilishi orqali amalga oshirilishi tufayli “korporativ model”
ham deb nomlanadi.
Yapon modeli – iqtisodiy rivojlanishning yapon modelini shved modelining
yana bir ko‘rinishi sifatida keltirish mumkin. Yapon modeli tartibga solinuvchi
“korporativ kapitalizm” modeli hisoblanadi. Bunda xususiy kapitalni jamg‘arish
imkoniyatlari davlatning iqtisodiy rivojlanishini dasturlash,
tarkibiy, investitsiya,
tashqi iqtisodiy va ijtimoiy siyosat sohalaridagi faol roli bilan uyg‘unlashib ketadi.
Tadbirkorlik sektorida davlatning ulushi yuqori bo‘lmaydi. Davlat asosiy e’tiborni
uzluksiz kasbiy tayyorgarlik orqali ishchi kuchining malakasini oshirishga qaratadi.
Shuningdek, yapon modeliga mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg‘or
shakllarini milliy an’analar bilan uyg‘unlashtirish xususiyati ham xos. Shuning
uchun iqtisodiy rivojlanishning yapon modelini iyerarxik korporativizm, deb ham
atashadi.
Dostları ilə paylaş: