110
o‘tkazilgandan so‘ng, arxivga tashrif buyurgan tadqiqotchilar hujjatlarni elektron
shaklda ko‘rib tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davri kino, surat va ovozli hujjatlari
saqlovida mustaqillikning e’lon
qilinishi, demokratik jamiyat qurilishi, davlat
boshqaruvining yangi tizimini vujudga kelishi, markaziy
organlari faoliyatining
maqsad va vazifalaring o‘zgarishi, bank tizimining qayta tashkil etilishi, dunyo
davlatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining tan olinishi, chet
el mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarning o‘rnatilishi, ko‘p partiyaviylikning va
jamoat harakatining vujudga kelishi,
bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlikning
rivojlanishi, yangi manaviy dunyoqarashning vujudga kelishini o‘zida aks ettirgan.
O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi
quyidagi xizmatlarni bajaradi:
- arxivda saqlanayotgan kino, surat va ovozli hujjatlar haqida malumot berish;
- tadqiqotchilar o‘rganishi va ishi uchun kino, surat va ovozli hujjatlarni taqdim
etish;
- kinohujjatlarni video tasmaga ko‘chirib berish;
- surat va ovozli hujjatlar nusxalarini tayyorlash;
- fotoko‘rgazma
va stendlarni tashkil etish;
- mavzuli so‘rovlarni ijro etish;
- fotoalbomlar tayyorlash;
- arxiv bo‘yicha umumiy va mavzuli ekskursiyalarni tashkil etish.
Ko‘rsatilgan xizmatlar yuridik va jismoniy shaxslarning yozma so‘rovnomalari
asosida amalga oshiriladi. Arxivning kino, surat va ovozli hujjatlari faqat arxiv
rahbari ruxsati orqali taqdim etiladi. Ruxsat beriladigan
muddat ish mavzusi
bo‘yicha belgilanadi. Tadqiqotchilarni kino, surat va ovozli hujjatlar bilan ishlashi
arxivning kino zali, katalog va ovozli hujjatlar eshitish xonalarida amalga oshiriladi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy
davlat arxivida jamlash manbalaridan hujjatlarinn qabul qilish ishlari olib
borilmoqda. Asosiy jamlash manbalaridan O‘zbekiston
Respublikasi ilmiy-
ommabop va hujjatli fil’mlar kinostudiyasi dan 2013-yilda 126 saqlov birligida,
111
2014-yil 9 oy davomida 95 soqlov birligida kino hujjatlar, O‘zbekiston Milliy
axborot agentltgining Bosh suratli axborotlar taxririyatidan 2013-yili 5044
saqlov
birligida hamda O‘zbekteatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasidan 261 saqlov
birligida foto hujjatlar qabul qilingan.
Shular bilan bir katorda “O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va
hujjatli fil’mlar kinostudiyasi”dagi 4 saqlov birligida fotoplastinkalar xamda 200
saqlov birligida "'O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasidan 259 saqlov
birligidagi foto hujjatlarning qimmatdorligi aniqlandi hamda davlat saqloviga qabul
qilindi.
Dostları ilə paylaş: