sathlarini qayta ishlash ikki qismdan iborat: dastlabki va ikkilam- chi. Dastlabki qayta ishlash har kuni bajariladi. Kuzatilgan suv sathlarini o'zaro taqqoslash m aqsadida ular shartli gorizontal tekislikka keltiriladi. Bu tekislik gidrologik s u v o ‘l c h a s h j o y i n i n g n o l g r a f i g i deb ataladi. Suv sathining nol grafikka nisbatan balandligini aniqlash uchun suv o 'lch ash reykasidan olingan sanoqqa keltirish qiym ati q o ‘shiladi. S u v o ‘l c h a s h j o y i n i n g k e l t i r i l i s h i deb, nol grafigidan suv o'lchash reykasi noligacha yoki qoziqning ustigacha bo'lgan balandlik farqiga aytiladi. N o l grafikka keltirilgan barcha suv sathlari santimetrlarda beriladi. O'rtacha kunlik suv sathi o'lchangan m iqdorlarning o'rtacha arifmetik qiymatiga teng: H o.r K = H m ± H i o.
(3.1)
Ikkilamchi qayta ishlashda hisoblangan o'rtacha kunlik suv sathlari jadvalga tushiriladi, har bir oy va yil uchun suv sathlarining o'zgarib turish grafiklari tuziladi (3.2-rasm ). Yillik jadvalda har bir oy uchun, eng katta ( # max) va eng kichik ( Я шп), o'rtacha yillik (Ho. ) qiymatlari beriladi va bu m a ’lum otlar gidrologik yilnom aga kiritiladi. 3.2-rasm. Suv sathlarining o'zgarib turish grafigi. 62
♦
T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r 1. G idrologik ishlar nim a m aqsadda olib boriladi? 2. Suvni o ic h a s h va hisobga olish qayerda olib boriladi? 3. Suv o ic h a s h ishlarining tartibini aytib bering? 4. Suv sathi qaysi soatlarda kuzatiladi? 5. Suv sathini o 'z i y o zg ich asboblardan qaysilarini b ilasiz va ular