13
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
Viruslar va bakteriyalar
orqali tarqaladigan yuqumli
kasalliklar haqida ma’lumotlar to‘plang
va kasalliklarni
oldini olish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rish
haqida tavsiyalar tayyorlang.
4 §. Prokariot hujayralar
organik
olam ikkita katta dunyoga, ya’ni
prokariotlar va euka-
riotlarga bo‘linadi.
Prokariotlar
— yadrosi to‘liq shakllanmagan, ya’ni haqiqiy
yadroga ega bo‘lmagan organizmlardir. Irsiy belgilar nukleotid-
larda joylashgan. DNk — dezoksiribonuklein kislota halqasimon
shaklda bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish kuzatilmaydi. hujayra markazi va
mitotik ip bo‘lmaydi. hujayra amitoz yo‘l bilan bo‘linadi. hujayrada
plastida va mitoxondriya kabi asosiy organoidlar uchramaydi. hu-
jayra qobig‘i murein yoki pektin moddasidan tashkil topgan. odat-
da xivchinli prokariotlarning ba’zi vakillaridagi xivchin od
diy tu-
zilgan. Prokariotlarning ko‘pchiligi erkin azotni o‘zlashtirish xusu-
siyatiga ega.
oziqlanishi oziq moddalarning hujayra qobig‘i
orqali shimib
olinishi bilan kechadi. hazm qiluvchi vakuolalar bo‘lmaydi, ba’zan
gazli vakuolalar uchraydi. Prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k-
yashil suv o‘tlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: