22
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
Poya va barglardagi dog‘lar sporalardagi pigmentlarga bog‘liq
bo‘lib, temirdagi zang dog‘ga o‘xshab ketadi.
Shuning uchun uni
zang zamburug‘i
deb yuritiladi. Zararlangan o‘simlik boshoq hosil
qilmaydi yoki donlari puch bo‘lib qoladi. Parazit zamburug‘lar bi-
lan
kurashish ham ancha qiyin, chunki
ularning yengil sporalari
sha
mol yordamida tarqalib katta maydonlarni zararlaydi. Zang
zamburug‘lariga qarshi kurashda eng qulay usul —
ushbu zambu-
rug‘larga chidamli yangi bug‘doy navlarini yaratish hisoblanadi.
Vertisill.
oq palak — ushbu zamburug‘ turli o‘simliklarning
o‘tkazuvchi to‘qimalarida parazit holda hayot kechiradi. Zamburug‘
o‘simliklarni o‘ziga xos “vilt” deb atalgan so‘lish
kasalligiga cha-
lintiradi. kasallikning asosiy belgisi, barg hujayralarida taranglik
holatini yo‘qotishi bo‘lib, ularda dastlab sarg‘ish-jigarrang, so‘ngra
qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, bu uning barglarini erta to‘kilishi-
ga sabab bo‘ladi. Vilt bilan zararlangan o‘simlik ko‘pincha nobud
bo‘ladi yoki biror organi so‘lib chiriydi. kasallikka qarshi kurash
choralari xo‘jaliklarda almashlab ekishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, vilt-
ga chidamli yangi g‘o‘za navlarini yaratish va boshqalardir.
Zamburug‘larning ahamiyati.
ular
tabiatda keng tarqal-
gan va katta ahamiyatga ega bo‘lib, moddalar aylanishida ishti-
rok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o‘simlik
qoldiqlari va hayvon jasadlarining
parchalanishi asosan zambu-
rug‘lar ishtirokida boradi.
mikoriza
— yuksak o‘simliklar ildizi bilan zamburug‘larning
simbioz hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko‘pchi-
lik o‘simliklar tuproqdagi zamburug‘lar
bilan ana shunday hamkor-
likda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko‘ra ikki asosiy turi ajra-
tiladi:
Dostları ilə paylaş: