26
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
larning tabiatdagi ahamiyatini o‘simliklar hayotida ko‘rish mum-
kin. Gulli o‘simliklarning changlanishi yoki urug‘
va mevalarning
tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. hayvonlar har xil ozuqa
zanjirlari tarkibida ishtirok etib, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi tur-
lar boshqa yirtqich hayvonlar uchun
ozuqa sifatida xizmat qila-
di. hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyat-
ga ega. Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar
tuproq tuzilmasini shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda
hamda tuproqning suv va havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi.
Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi —
biofiltr
organizmlardir.
hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin
egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonning
har xil oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Yov-
voyi hayvonlarning turlari uy hay-
von zotlarini yaxshilash uchun xiz-
mat qiluvchi genofondni saqlaydi.
ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq
va o‘rmon xo‘jaliklarida
turli zarar-
kunandalarni yo‘qotishda katta rol
o‘ynaydi.
Biroq hayvonlarning ayrimlari
zararlidir. ko‘pchilik hayvon turlari
xavfli kasalliklar (bezgak, qichima
va boshqalar)ni qo‘zg‘atuvchi va
tarqatuvchi (chivinlar, burgalar va
hokazo) sifatida ishtirok etadi.
hayvonot dunyosi hujayraviy
tuzilishiga binoan ikkiga ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: