Sitologiya va



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

Yopishqoq 
lishaynik va 
uning tallomining 
ko

ndalang kesimi.
13­ rasm
.
http:eduportal.uz


24
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
Lishayniklar tundra va o‘rmon tundrada keng tarqalgan. ular-
dan (kladoniya turkumi) shimol bug‘ulari uchun oziqa sifatida foy-
dalaniladi. unumsiz joylarda yashovchi lishayniklar boshqa o‘sim-
liklar hamjamoasini shakllanishiga imkon yaratadi. Lishayniklar 
atrof-muhitdan turli kimyoviy elementlarni, shu jumladan, radioak-
tiv moddalarni ham to‘plash xususiyatiga ega. Тoza havoni talab 
etuv chi lishayniklardan atmosfera havosining ifloslanganlik dara
-
jasini aniqlashda indikator sifatida foydalanish mumkin.
Shuningdek, o‘rmonlarda ayniqsa, qarag‘ayzorlarda va daraxt 
kesilgan maydonlarda lishayniklar yaxlit qoplam hosil qiladi. Bun-
da kladoniyaning (kladonia) bir necha turlari qatnashadi. Daraxt 
po‘stlog‘ida soqolli usneya (usneya barbata), tasmasimon ever-
niya (Evernia prunastri)lar yashil-sarg‘ish hamda tillarang — Хan
-
toria pariyentina sariq qoplam hosil qiladi.
Lishayniklarning kimyoviy tarkibi ham birmuncha murakkab. 
ularda xitin moddasi, lishaynik kraxmali deb ataladigan lixe-
nin, disaxaridlardan saxaroza, turli fermentlar masalan: amila-
Yopishqoq
batsidiya
Bargsimon 
parmeliya
Butasimon
kladoniya
 
Lishayniklarning shakllari.
14­ rasm.
Soqolli
usneya
http:eduportal.uz


25
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
za, ko‘plab aminokislotalar, vitaminlardan esa C, B
6
, B
12
kabilar 
uchraydi.
Lishayniklarning kishilar hayotidagi ahamiyati katta. Lishaynik-
lardan ajratib olingan ekstraktlar atir-upa mahsulotlariga, kos-
metika mahsulotlariga o‘ziga xos hid berish uchun foydalanila-
di. Cho‘llarda uchraydigan lishaynik manna iste’mol qilinadi. 
Lishaynik cho‘llarda, qoya toshlarda paydo bo‘lib, tog‘ jinslari ning 
yemirilishiga yordam beradi. Yemirilgan tog‘ jinslaridan yupqa 
tuproq qatlami hosil bo‘ladi.
1. Zamburug‘lar qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?
2. Zamburug‘lar qanday usullarda ko‘payadi?
3. Tuban va yuksak zamburug‘lar bir-biridan qanday farq 
qiladi?
4. Lishayniklar qanday organizmlar hisoblanadi?
5. Simbioz hayot kechirishning ahamiyati qanday?

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin