1. Pichan tayoqcha bakteriyasini mikroskopda ko‘rish 8 §. 1 laboratoriya mashg‘uloti Ishning maqsadi. Pichan bakteriyasini mikroskopda o‘rganish.
Kerakli jihozlar. Mikroskop va u bilan ishlash uchun zarur jihozlar,
pichan ivitmasi, metilin ko‘k bo‘yog‘i, akvarium devori yoki ko‘lmak
suvdan olingan suv o‘tlar.
Ishning borishi. 1. kolbaga suv bilan birga bir necha pichan
bo‘laklardan so ling va kolbaning og‘zini paxta bilan berkiting.
2. kolbadagi aralashmani 15 daqiqa davomida qaynating.
3. Qaynatilgan aralashmani filtrlab, 20—25 °C haroratda bir necha
kun saqlang.
4. hosil bo‘lgan aralashmani sirtidagi yupqa pardadan shisha nay-
cha yordamida bir bo‘lagini olib uni buyum oynasiga joylashti ring.
5. Qoplagich oyna ostiga suyultirilgan siyoh yoki metilen sinkasi
(ko‘k bo‘yoq) tomizing.
6. havo rang ostida harakatchan bakteriyalar bilan birga yaltiroq
ovalsimon tanachalar, ya’ni sporalar ham ko‘rinadi.
2. Ko‘kyashil suvo‘tini mikroskopda ko‘rish Ishning maqsadi. ko‘k-yashil suvo‘tini mikroskopda o‘rganish.
Kerakli jihozlar. Mikroskop va u bilan ishlash uchun zarur jihozlar,
akvarium devori yoki ko‘lmak suvdan olingan suvo‘tlar.
Ishning borishi. 1. Akvarium devori yoki boshqa ko‘lmak suv tu-
bidagi suvo‘tlari hosil qilgan yupqa pardani nina yordamida oling.
2. undan preparat tayyorlab mikroskopning avval kichik, so‘ngra
katta obyektivida kuzating.
3. Yupqa parda ingichka ko‘p hujayrali iplardan tashkil topganiga
e’tibor bering.
4. Ipchalar ko‘k-yashil rangda bo‘lib, ularning tebranayot ganligini
kichik va katta obyektivlarda kuzating.
5. katta obyektivda har bir ipcha bir xildagi mayda yadrosiz va xlo-
roplastsiz hujayralardan tuzilganligiga e’tibor bering.
http:eduportal.uz