33
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
3. Biologiya, 9- sinf.
mitoxondriya, ribosoma) ajratib olinadi va ularning xususiyatlari
o‘rganiladi.
Demak, hujayrani o‘rganishda turli xil usullardan foydalanish
mumkin. ular yordamida hujayra haqida juda ko‘p qiziqarli ma’lu-
motlar olingan.
1. hujayraning o‘rganish usullariga nimalar kiradi?
2. Yorug‘lik mikroskopiya usulini ahamiyati nimadan iborat?
3. elektron mikroskop yordamida
hujayraning qaysi tarkibiy
qismlari aniqlangan?
4. Sitokimyoviy usul haqida ma’lumot bering.
1. hujayraning o‘rganish usullarida nimalar o‘rganilishini
o‘zaro taqqoslagan holda tushuntirib bering.
2. Yorug‘lik va elektron mikroskoplar obyektni qanday
kattalashtirib berishini tushuntiring.
11 §. Eukariot hujayralar
hujayrasi tarkibida haqiqiy yadroga ega bo‘lgan organizm-
larni
eukariotlar
deyiladi. eukariot yunoncha “eu” — haqiqiy,
“karion” — yadro degan ma’noni anglatadi. eukariot
hujayralar
prokariot hujayralarga nisbatan murakkab tuzilgan va xilma-xil
bo‘ladi. eukariotlarda o‘ziga xos tuzilishga ega ma’lum vazifalari-
ni bajaradigan organoidlar mavjud.
Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o‘zining tuzi-
lishi jihatdan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi (18-
rasm). hujayralar bajaradigan vazifalari
va shakliga qarab turli-tu-
man: yumaloq (tuxum va yog‘ hujayralari), yulduzsimon (biriktiruv-
chi to‘qima hujayralari), o‘simtasimon (nerv hujayralari), amyo-
basimon, ya’ni shaklini o‘zgartiruvchi (leykotsitlar va ayrim birik-
tiruvchi to‘qima hujayralari) ajratish mumkin.
hujayralar turlicha katta-kichiklikka ega. ko‘p hollarda ular
juda kichik bo‘lib, 10–100 mikrometr (mkm, 1mkm – 0,001 mm)
ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud. Masalan:
tarvuz
http:eduportal.uz
34
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
hujayralarini oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin. eng katta hujayra-
larga qushlarning tuxumi misol bo‘ladi.
hujayralar katta-kichikligiga qarab turli xil og‘irlikka ega. Ma-
salan, tuyaqush tuxumining og‘irligi 100 g dan 1,5 kg gacha bora-
di. Qizil qon tanachalari (eritrositlar)ning og‘irligi esa 10
~9
g (ya’ni,
0, 000 000 001 g) ga teng.
eukariotlarga sodda hayvonlar, zamburug‘lar, o‘simlik
va hay-
vonlar kiradi. eukariot hujayralar prokariotlarning murakkabla-
shishi tufayli paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. har bir eukariot
hujayra 3 ta tarkibiy qismdan: tashqi sitoplazmatik membrana, si-
toplazma va yadrodan iborat.
Dostları ilə paylaş: