30
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
nizm lari
hujayralardan tashkil topgan, degan xulosa vujudga
keladi. 1838—1839- yillarda nemis olimlari: botanik M. Shleyden
va zoolog T.Shvann o‘sha vaqtgacha fanda to‘plangan hujayra
haqidagi ma’lumotlarga tayanib hujayra nazariyasini yaratdilar.
ke yinchalik hujayra nazariyasi juda ko‘p olimlar
tomonidan rivoj-
lantirildi. Nemis olimi, shifokor R.Virxov hujayrasiz hayot yo‘qli-
gini, hujayraning tarkibiy qismi yadro ekanligini va hujayra faqat
hujayradan ko‘payishini isbotlab berdi. k.Ber sutemizuvchilarning
tu
xum hujayrasini kashf etdi va ko‘p hujayrali organizmlar bitta
urug‘ langan tuxum hujayra – zigotadan rivojlanishini isbotladi.
Mikroskop texnikasini yanada takomillashtirilishi, elektron
mikroskoplarning yaratilishi va molekular biologiyaning usullarini
paydo bo‘lishi hujayra sirlarini yanada chuqurroq o‘rganishga, u ning
murakkab
tuzilmalarini bilishga, ularda kechadigan turli-tuman bio-
kimyoviy jarayonlarni aniqlashga imkon yaratdi. Bugungi kunda hu-
jayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Barcha tirik organizmlar, ya’ni mikroorganizm, o‘simlik va
hayvonlar tanasi hujayralardan tashkil topgan.
2. Yangi hujayralar faqat avval mavjud bo‘lgan hujayralarning
bo‘linishi tufayli vujudga keladi.
3. organizmlarning hujayralardan tashkil topishi ularning kelib
chiqishi bir xil ekanligidan darak beradi.
4. hujayra tirik organizmlarning tuzilish
va funksional birligi
hisoblanadi.
5. har bir hujayra mustaqil ravishda hayot kechirish xususiya-
tiga ega.
hujayra nazariyasi biologiya fanining rivojlanishiga juda katta
ta’sir ko‘rsatdi. Bu nazariya tufayli organizmlar bir xil morfologik
asosga ega ekanligi isbotlandi. hayotiy hodisalarni umumbiologik
nuqtayi nazardan tushuntirishga imkon yaratildi. hujayra biolo-
giyasini o‘rganishda mamlakatimiz olimlarining
ham katta hissalari
bor. Akademiklar k.Zuparov, J.hamidov va ularning shogirdlarini
bu boradagi ishlari diqqatga sazovordir.
http:eduportal.uz
31
huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT
II Bo‘LIM
1. hujayrani kashf etilish tarixi haqida ma’lumot bering.
2. hujayra nazariyasining asosiy qoidalari haqida
ma’lumotlarni bayon eting.
3. hujayra nazariyasini biologiya fani rivoji uchun qanday
ahamiyati bor?
4. o‘zbek olimlaridan kimlar hujayra sohasida tadqiqotlar
olib borishgan?
Dostları ilə paylaş: