27
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
hayvonlarni xordalilar tipidan boshqa barcha tiplarining vakil-
lari umurtqasiz hayvonlar hisoblanadi.
Bir hujayralilar tabiatda keng tarqalgan. odatda bir hujayrali-
larning tanasi sitoplazma va bir yoki
bir necha yadrodan tashkil
topgan. Sitoplazma yupqa tashqi membrana bilan o‘ralgan (26-
betdagi 15-rasm).
ko‘p hujayrali hayvonlarda hayotiy jarayonlar maxsus or-
ganlar, to‘qima va hujayralarda amalga oshirilsa, bir hujayralilar-
da esa hujayralardagi organoidlar yordamida boradi. ular
soxta
oyoq
lar, xivchinlar yoki kiprikchalar yordamida harakatlanadi.
ko‘pchilik sodda hayvonlar organik moddalar bilan oziqlanadi.
Sodda hayvonlar hujayrasi bo‘linish yo‘li bilan, ya’ni jinssiz va
jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Тashqi muhitning har xil ta’sirlariga
sodda hayvonlarning beradigan javob reaksiyasi asosan harakat-
lanish
orqali amalga oshirilib, u
taksis
deyi ladi. Sodda hayvonlar-
ning muhim biologik xususiyatlaridan
biri noqulay sharoitda
sista
hosil qilishidir.
ko‘p hujayrali hayvonlarning tanasi xilma-xil tuzilishdagi va
turli vazifalarni bajaradigan son-sanoqsiz hujayralardan tash-
kil topgan. ular mustaqillikni yo‘qotib
yaxlit organizmning ayrim
tarkibiy qismlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. ko‘p hujayralilar mu-
rakkab individual rivojlanish bilan tavsiflanadi. Urug‘langan
tuxum
hujayradan (partenoge nezda urug‘lanmagan tuxum hujayrasidan)
voyaga etgan organizm shakllanadi. Bunda urug‘langan tuxum
maydalanib, hosil bo‘lgan hujayralarning ajralishi natijasida homila
varaqalari va boshlang‘ich organlar shakllanadi (IV bo‘limga qa-
rang).
1. h
ayvonlar boshqa tirik organizmlardan qanday xususiyatlari
bilan farqlanadi?
2. hayvonlarning tabiat va inson
hayotidagi roli nimalardan
iborat?
3. hayvonot dunyosi qanday guruhlarga ajratiladi?
http:eduportal.uz
28
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
Dostları ilə paylaş: