Sitologiya va


Jinsga bog‘liq holda irsiylanishga doir masalalar yechish



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

Jinsga bog‘liq holda irsiylanishga doir masalalar yechish
1. Drozofila meva pashshasida ko‘zning qizil rangini ifodalovchi 
allel 
– 
W, oq rangini ifodalovchi allel 
– 
w ustidan dominantlik qiladi. 
ular jinsiy xromosomalarda joylashgan. Tajribada qizil ko‘zli gomozi-
gota urg‘ochi drozofila oq ko‘zli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. 
olingan 
F
1
dagi erkak va urg‘ochi formalar o‘zaro chatishtirilib, 
F
2
da 300 ta drozofila olingan: a) ulardan nechtasi erkak va nechtasi 
urg‘ochi; b) erkak drozofilalarning qanchasi qizil ko‘zli, qanchasi oq 
ko‘zli bo‘lgan?
2. Odamda gemofiliyani keltirib chiqaruvchi h geni X-xromoso-
mada joylashgan. Otasi gemofiliya bilan kasallangan qiz sog‘lom yi-
gitga turmushga chiqqan. ular 8 ta farzand ko‘rishgan: a) farzand-
larining nechtasi sog‘lom? b) qizlarining nechtasi sog‘lom? d) gemo-
filiya bilan kasallangan o‘g‘il bolalar nechta?
3. Viandot tovuqlarda chipor patning ba’zilari oltin rangda, ba’zi-
lari kumush rangda tovlanadi. oltin rangli chipor belgi retsessiv, ku-
mush rangli chipor belgi dominant bo‘ladi. kumushrang chipor patli 
tovuqni oltin rang chipor patli xo‘roz bilan chatishtirib 30 ta jo‘ja olin-
gan: a) ulardan nechtasi tovuq? b) 
F
1
da necha xil genotip olingan? 
d) jo‘jalarning nechtasi kumushrang chipor patli bo‘ladi? e) xo‘roz-
larning nechtasi kumushrang chipor patli bo‘ladi? f) tovuqlar 
ning 
nech tasi oltin rang chipor patli bo‘ladi?
59­ §. O‘zgaruvchanlik
organizmlarning belgi va xususiyatlari bilan o‘zaro farq qilishi 
yoki bir turga mansub organizmlarning bir-biridan farq qilish xos-
sasiga 
o‘zgaruvchanlik
deb ataladi. o‘zgaruvchanlik tufayli turlar 
xilma-xilligi ortadi. o‘zgaruvchanlik tabiiy va su’niy tanlash uchun 
manba hisoblanadi. o‘zgaruvchanlik – irsiylanmaydigan va irsiyla-
nadigan xillarga bo‘linadi.
organizmlarda vujudga keladigan o‘zgaruvchanlikni quyi-
dagilarga ajratish mumkin:
http:eduportal.uz


159
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
1. kombinativ o‘zgaruvchanlik – ota-ona organizmlar ning er-
kin chatishuvi natijasida keyingi avlodlarda genlarning yangi kom-
binatsiyalarini vujudga kelishi orqali amalga oshadi.
2. Rekombinogenez o‘zgaruvchanlik – meyoz jarayonida go-
mologik xromosomalar o‘rtasida sodir bo‘ladigan krossingover tu-
fayli amalga oshadi.
3. Mutatsion o‘zgaruvchanlik – genlar va xromosomalarning 
o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
4. ontogenetik o‘zgaruvchanlik – organizmlarning individual 
rivoj 
lanishi natijasida organizmlarning belgilarini o‘zgarishi bilan 
amalga oshadi.
5. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik – tashqi muhit omillari ta’si
-
ri natijasida organizmlar genotipi o‘zgarmagan holda fenotipini 
o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgaruvchanlik.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin