O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“QISHLOQ ХO‘JALIGI IQTISODIYOTI” FANIDAN
“QISHLOQ XO‘JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI” MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA
MATNI
Bilim sohasi:
200000
- Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
230000 - Iqtisod va biznes
Ta’lim yo‘nalishi:
5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Termiz – 2023
4-MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA
ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Reja:
1. Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos
xususiyatlari.
2. Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan
foydalanish samaradorligini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
3. Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.
Tayanch iboralar:
mehnat, mehnat resursi, ishchi kuchi, ishsizlik,
mehnat
unimdorligi, mehnat sig’imi, ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti,
mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti.
1. Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos
xususiyatlari.
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida bo‘lgani singari qishloq xo‘jaligi
tarmog’ida ham mehnat resurslarining ahamiyati katta. Qishloq xo‘jaligi
tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshishi uchun moddiy, mehnat va
kapital resurslari mavjud bo‘lishi talab etiladi. Ushbu resurslar ichida mehnat faol
resurs bo‘lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan bog‘laydi va uning darajasi ishlab
chiqarish jarayonining natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat
- bu insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Ishlab
chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va vositalari,
tabiiy
sharoitlarning samarali uyg‘unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish
vositalarini ma’lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini
amalga oshiradi.
Jumladan, ekinlar ekiladigan yerlarni shudgorlash, ekishga
tayyorlash, ekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. Ishlab
chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, mehnat resursining bilimiga, malakasiga,
mehnatga munosabatiga,
qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish
vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga bog‘liq. Demak, inson
o‘z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik
bilan samarali ishga
solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning
tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Demak, talabni qondira
olish qobiliyatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish,
xizmatlarni bajarish insonning ongli faoliyati, ya’ni mehnatiga bevosita bog‘liqdir.
2023-yil 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 36 372 300
kishini tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 2,2 foizga oshgan.
2020-yil 1-yanvar holatiga hududlar bo‘yicha shahar va qishloq aholisi soni
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 4.1-jadvalda keltirlgan.