Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti


-yilda O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha iqtisodiy faol aholi



Yüklə 281,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix13.12.2023
ölçüsü281,9 Kb.
#175458
1   2   3   4   5   6   7   8
Q.x.iqt 4-mavzu Maruza matni

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha iqtisodiy faol aholi, 
bandlar va ishsizlar soni, ming kishi 
 Hududlar 
Mehnatga 
layoqatli 
yoshdagi 
aholi soni, 
ming 
kishi 
Iqtisodiy 
faol aholi 
soni jami, 
ming kishi
ulardan: 
Aholining 
iqtisodiy 
faollik 
darajasi
2)

foizda
Aholining 
bandlik 
darajasi
3)

foizda
Ishsizlik 
darajasi, 
foizda 
iqtiso-
diyotda 
bandlar
ishsiz-
lar
1)
O‘zbekiston 
Respublikasi 
20402,4 
15038,9 
13706,2 
1332,7 
73,7 
67,2 
8,9 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
1158,8 
786,1 
714,2 
71,9 
67,8
61,6
9,1 
Andijon 
1865,8 
1427,3 
1296,8 
130,5 
76,5
69,5
9,1 
Buxoro 
1162,5 
856,4 
780,6 
75,8 
73,7
67,1
8,8 
Jizzax 
825,2 
602,7 
546,4 
56,3 
73,0
66,2
9,3 
Qashqadaryo 
1950,3 
1331,5 
1207,3 
124,2 
68,3
61,9
9,3 
Navoiy 
605,7 
445,8 
410,1 
35,7 
73,6
67,7
8,0 
Namangan 
1697,8 
1208,5 
1100,6 
107,9 
71,2
64,8
8,9 
Samarqand 
2285,7 
1632,3 
1479,8 
152,5 
71,4
64,7
9,3 
Surxondaryo 
1568,7 
1109,9 
1006,3 
103,6 
70,8
64,1
9,3 
Sirdaryo 
523,3 
369,5 
335,0 
34,5 
70,6
64,0
9,3 
Toshkent 
1696,5 
1321,4 
1204,5 
116,9 
77,9
71,0
8,8 
Farg‘ona 
2254,2 
1665,6 
1511,7 
153,9 
73,9
67,1
9,2 
Xorazm 
1146,6 
815,5 
741,8 
73,7 
71,1
64,7
9,0 
Toshkent sh. 
1661,3 
1466,4 
1371,1 
95,3 
88,3
82,5
6,5 
1) 
Ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati 
2)
Iqtisodiy faol aholi sonining mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soniga nisbati 
3)
Band aholi sonining mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soniga nisbati 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida 
muallif tomonidan hisoblandi.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2022-yilda iqtisodiyotda 
band bo‘lganlar soni 13706,2
 
ming kishini tashkil etgan, mamlakatimizda 
aholining iqtisodiy faollik darajasi 73,7 foizni, bandlik darajasi 67,2 foizni, 
ishsizlik darajasi esa 8,9 foizni tashkil etgan.
Mamlakatimizda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida bandlar soni 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 4.4-jadvalda keltirilgan. 


4.4-jadval 
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida bandlar soni, ming kishi 
 
2018 
2019 
2020 
2021 
O‘zbekiston Respublikasi 
3537,2 
3544,6 
3499,2 
3502,1 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
192,5 
195,0 
193,5 
190,0 
Andijon 
339,5 
341,0 
325,4 
322,8 
Buxoro 
252,1 
245,2 
250,3 
247,9 
Jizzax 
190,5 
194,5 
199,5 
231,1 
Qashqadaryo 
300,9 
302,0 
307,6 
325,8 
Navoiy 
91,9 
85,0 
84,7 
82,3 
Namangan 
259,5 
263,3 
287,2 
292,4 
Samarqand 
403,6 
405,5 
403,5 
396,0 
Surxondaryo 
357,2 
358,8 
356,3 
359,8 
Sirdaryo 
156,2 
156,0 
144,6 
136,6 
Toshkent 
322,9 
322,2 
304,2 
286,5 
Farg‘ona 
406,1 
408,8 
391,5 
383,5 
Xorazm 
255,7 
258,9 
244,7 
240,5 
Toshkent shahri 
8,6 
8,4 
6,2 
6,9 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari 
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2021-yilda qishloq, o‘rmon 
va baliq xo‘jaligi tarmog‘ida band bo‘lganlar soni 3502,1 ming kishini tashkil 
etgan bo‘lib, 2018-yilga nisbatan 35,1 ming kishiga kamaygan. 
Qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 4.5-jadvalda 
keltirilgan. 
4.5-jadval 
Qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
2018 
2019 
2020 
2021 
2022 
Iqtisodiyotda band 
bo‘lganlar soni, ming kishi 
13273,1
13541,1
13236,4
13538,9
13706,2
Shu jumladan: qishloq, 
o‘rmon va baliq 
xo‘jaligida 
3537,2 
3544,6 
3499,2 
3414,7 
3438,7 
Qishloq, o‘rmon va baliq 
xo‘jaligining ulushi, 
foizda 
26,6 
26,2 
26,4 
25,2 
25,1 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari 
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘ida band bo‘lganlarning
iqtisodiyotda band bo‘lganlar jami soni tarkibidagi ulushi keyingi yillarda 


pasaymoqda. Ushbu ko‘rsatkich 1995-yilda 40,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2001-
yilda 36,1 foizni, 2010-yilda 26,8 foizni, 2015-yilda 27,6 foizni va 2022-yilga 
kelib 25,1 foizni tashkil etgan. Tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslari miqdori 
va salmog‘ining pasayishi respublikada amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy 
siyosatning ma’lum darajadagi ijobiy natijasidir. Qishloq joylardagi vujudga 
kelgan ortiqcha mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash maqsadida sanoat, xizmat 
ko‘rsatish, savdo va boshqa shu kabi tarmoqlarni qishloq joylarda rivojlantirish 
zarur. Shu maqsadda aholi zich joylashgan tumanlarda yirik sanoat korxonalari 
qurilib, ishga tushirilmoqda va ular qishloq aholisining ish bilan ta’minlanishiga 
katta hissa qo‘shib kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi barcha 
tumanlarda klasterlar tarkibida sanoat korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va 
rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Shu kabi sanoat korxonalarining ishga 
tushirilishi natijasida qishloqlarda yashayotgan mehnat resurslarining sezilarli 
qismi ish bilan ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, qishloq hududlarida xizmat 
ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish ham qishloq aholisining bandligini ta’minlashda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Yuqoridagi ijobiy natijalarga asoslangan holda mamlakatimizning qishloq 
hududlarida sanoat korxonalari va boshqa turdagi tadbirkorlik shakllarini barpo 
etish va rivojlantirish ishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu jarayon 
qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlari oqilona joylashishini ta’minlashga 
ham ijobiy hissa qo‘shadi. Natijada mehnat resurslaridan foydalanish 
koeffitsiyentining oshishi ham ta’minlanmoqda.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha qishloq xo‘jaligi intensiv rivojlangan
davlatlardan biri bo‘lgan Niderlandiyadagi holatni ko‘radigan bo‘lsak, aholisining 
8,7 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va iqtisodiyot tarmoqlarida band 
bo‘lganlarning atigi 2,3 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Mamlakatimiz hukumati tomonidan bandlik Dasturi qabul qilingan bo‘lib, 
qishloq joylardagi mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashga juda katta e’tibor 
qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-
martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini 
ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarori 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-apreldagi 
“2006-2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida 
chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish 
dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 67-sonli qarori asosida 
kam ta’minlangan oilalarga qoramol sotib olish uchun tijorat banklarining kredit 
liniyalari orqali ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi 
mablag‘laridan imtiyozli kreditlar berilmoqda va shu orqali ularning ish bilan 
bandligiga erishilmoqda. 



Yüklə 281,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin