belgilangan me’yordan yuqoriroq bo‘lmoqda. Bu mehnat resurslarining ishlab
chiqarish jarayonida bir me’yorda qatnashmayotganligidan dalolat beradi. Bu holni
yumshatish zarur, buning uchun kam mehnat sarflanadigan oylarda ishlab
chiqarishning boshqa sohalarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Bu masalani
har bir korxona o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishi
mumkin.
g) mehnat unumdorligi darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun
haqiqatda sarflangan jami mehnat sarfi miqdorini shu davrda
ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdoriga yoki qiymatiga taqsimlash zarur:
YM
SM
Mu
=
Bunda:
SM
– ma’lum davrda sarflangan mehnat, kishi-kuni, kishi-soat;
YM
– ushbu davr mobaynida yetishtirilgan mahsulot miqdori yoki
qiymati.
Bu ko‘rsatkich yetishtirilgan bir birlik (sentner, tonna, so‘m) mahsulot uchun
qancha mehnat sarflanganligini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich mehnat sig‘imi ham
deyiladi va mehnatni tejash iqtisodiy qonunining talabidir.
Amaliyotda esa mehnat unumdorligi haqiqatda ishlab chiqarilgan
mahsulotning, bajarilgan ishning miqdori yoki qiymatini unga sarflangan ish
vaqtiga taqsimlash orqali aniqlanadi:
SM
YM
Mu
=
Mazkur ko‘rsatkich sarflangan bir birlik (kishi-kuni, kishi-soat) mehnat
sarfi evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligining, xizmatlar bajarilganligining
darajasini ifodalaydi. Bu ikki
usul bir-birini inkor etmaydi, balki to‘ldiradi.
Mahsulot birligiga sarflangan mehnat miqdori kamaysa yoki sarflangan bir birlik
mehnat sarfi evaziga yetishtirilgan mahsulot birligi ko‘paysa, mehnat unumdorligi
oshganligidan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi qishloq xo‘jaligida ayrim mahsulot turlari
bo‘yicha hamda xo‘jalik miqyosida natural hamda qiymat ko‘rinishida aniqlanadi.
Uning darajasini qiymat ko‘rinishida bir necha yillar davomida aniqlashda qiyosiy
baholardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shunda qishloq xo‘jalik
mahsulotlari baholari o‘zgarishining mehnat unumdorligi o‘zgarishiga ta’siri
bartaraf etiladi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik
ishlab
chiqarishida
qatnashayotgan
mehnat
resurslaridan
qanday
foydalanilayotganlik hamda sarflanayotgan mehnatning unumdorlik darajasi
aniqlanib, chuqur tahlil etiladi.
Shunga asoslangan holda kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni
yaxshilash va sarflanishi zarur bo‘lgan mehnatning unumdorligini
oshirish uchun
qanday tadbirlarni ishlab chiqish kerakligi belgilanadi.
h) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida band bo‘lgan mehnat resurslarining salmog‘i.
Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslari soni
mamlakat miqyosida band bo‘lgan mehnat resurslari soniga taqsimlanadi va natija
100 ga ko‘paytiriladi. Uni aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
100
x
MMRus
TBMR
TMRs
=
Bunda:
TBMR
– tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy soni;
Rus
– mamlakat miqyosida mehnat resurslarining umumiy soni.
Ushbu ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik tarmog‘ida band bo‘lgan
mehnat resurslarining mamlakat mehnat resurslari umumiy sonidagi salmog‘i
aniqlanib, tahlil qilinishi mumkin. Mazkur ko‘rsatkich tarmoqdagi mehnat
resurslarining mehnat unumdorligiga baho berishda ham foydalanilishi mumkin.
Masalan, 2020-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimiz aholisining 49,5 foizi qishloq
joylarda istiqomat qiladi va 2019-yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar jami soni
tarkibida qishloq xo‘jaligining ulushi 26,2 foizni tashkil etgan. Niderlandiyada esa
aholining 8,7 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va iqtisodiyot tarmoqlarida
band bo‘lganlarning atigi 2,3 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri
keladi. Niderlandiya qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda
ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu Niderlandiyada qishloq xo‘jaligi tarmog‘i
intensiv
rivojlanganligidan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i moddiy-texnika bazasining
mustahkamlanganligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar, innovatsiyalardan
foydalanilishi
natijasida
mehnat
unumdorligining
yuqori
bo‘lishiga
erishilganligidan dalolat beradi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh, Isroil,
Germaniya va boshqa shu kabi qishloq xo‘jaligi intensiv rivojlangan
mamlakatlarda ham yuqori natijalarga erishilgan.
Intensiv texnologiyalar qo‘llanilishi natijasida qishloq xo‘jaligi tarmog‘idan
bo‘shayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash
uchun qishloq joylarda
tadbirkorlikning boshqa shakllarini, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini
rivojlantirish lozim.
Mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar hisoblanadi.
Qonuniy jihatdan ishsiz hisoblanishi uchun ular o‘zlari istiqomat qiladigan
hududdagi bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat etishi zarur. Bandlikka
ko‘maklashish markazi murojaat etgan ishsizlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga
olib, ularga mutaxassisligi bo‘yicha ish topib bera olmasa, ularga ishsiz maqomini
beradi. Ishsiz maqomini olgan fuqaro esa ijtimoiy jihatdan himoyalanishi uchun
unga belgilangan miqdordagi mablag‘ ma’lum davr mobaynida berib boriladi.
Bandlikka ko‘maklashish markazlari ish bilan ta’minlanmaganlarga
tumandagi imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda malakasini oshirish yoki kasblarini
o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi. Shular
natijasida ularning ish
bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Bu esa mehnat resurslaridan foydalanish
koeffitsiyenti yuksalishini ta’minlaydi.
Qishloq
hududlarida
ishlab
chiqarish
kuchlarining
rivojlantirilishi
tarmoqdagi mehnat resurslarining ma’lum bir qismini sanoat va boshqa
tarmoqlarga o‘tishiga ta’sir etmoqda. Shu orqali qishloq joylardagi mehnat
resurslarining ish bilan ta’minlanganlik darajasi oshirilmoqda.
Tarmoqda mavjud bo‘lgan mehnat resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish,
ularning mehnatlari unumdorligini yuksaltirishda moddiy hamda ma’naviy
rag‘batlantirishning, ya’ni ularning mehnatlariga yarasha haq to‘lash, yaxshi
ishlaganlarni
esa
rag‘batlantirishning
ahamiyati
ulkan.
Hozirgi
bozor
munosabatlari sharoitida mamlakatimiz miqyosida mehnatga to‘lanadigan ish
haqining eng kam miqdori belgilanadi. Uning yuqori darajasi esa xo‘jaliklarning
iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamda
ishchi-xizmatchilarning
qobiliyatlariga, imkoniyatlariga va tashabbuskorligiga qarab belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: