Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti


Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini



Yüklə 281,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix13.12.2023
ölçüsü281,9 Kb.
#175458
1   2   3   4   5   6   7   8
Q.x.iqt 4-mavzu Maruza matni

2. Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi. 
Mehnat resurslari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda faol ishlab chiqarish 
resursi sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki ular boshqa ishlab chiqarish 
omillarini bir-biri bilan bog‘laydi. Ishlab chiqarishning pirovard natijasi mehnat 
resursiga bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan, ulardan yil davomida to‘liq, samarali 
foydalanishga erishish lozim. Buning uchun mehnat resurslaridan foydalanishning 
holati va samaradorligini aniqlash va unga ko‘ra tegishli choralar ko‘rib borilishi 
kerak.
Qishloq 
xo‘jaligida 
mehnat 
resurslaridan 
foydalanish 
holati 
va 
samaradorligiga baho berishda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
a) mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni 
aniqlash uchun xo‘jalikda mavjud bo‘lgan mehnat resurslari soni qishloq xo‘jalik 
yerlari miqdoriga bo‘linadi. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan 
foydalaniladi: 
QXY
MRus
MRtd
=
Bunda:
MRus
– mehnat resurslari umumiy soni, kishi; 
QXY
– qishloq xo‘jalik yerlari, ga.
Ushbu ko‘rsatkich qishloq xo‘jalik korxonasi ixtisoslashuvidan kelib 
chiqqan holda ilmiy asoslangan me’yorlar darajasiga imkon qadar yaqin bo‘lishi 
kerak. 
b) mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu 
ko‘rsatkichni aniqlash uchun mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni mehnat 
resurslarining umumiy soniga bo‘linadi. U quyidagi formula yordamida
aniqlanadi: 
MRus
ys
MRo
MRfk
'
=
Bunda: 
MRo‘ys
– mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni, kishi; 
MRus
– mehnat resurslarining umumiy soni, kishi. 
Bu ko‘rsatkichning darajasi birga yaqin bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. 
Shunda mavjud mehnat resurslaridan foydalanish darajasi yuqori bo‘lganligidan 
dalolat beradi. 
d) mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi. Ushbu ko‘rsatkich 
xo‘jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni mehnat resurslarining umumiy soniga 
taqsimlash orqali aniqlanadi, bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 
MRus
MRsv
MRxfq
=


Bunda: 
MRsv
– mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishi-kuni,
kishi-soat. 
Bu ko‘rsatkichning mutlaq miqdori aniqlanayotgan davrdagi (oyda, yilda) 
bir kishining ish vaqti fondidan yuqori bo‘lmaydi. Mehnat resurslarining har bir 
guruhi uchun amaldagi qonunlarda yillik yoki oylik ish vaqti fondi belgilanadi. 
Uning miqdorini bir yildagi kalendar kunlar miqdoridan barcha turdagi bayram 
(agar u qonun bo‘yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta’til
kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikamizda bir xodimning yillik o‘rtacha 
ish vaqti fondi 285 kun miqdorida belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat 
resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. O‘smirlar uchun bu fond ularni 
ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson 
salomatligi uchun zararli ishlarni bajaruvchilar uchun ham o‘rnatilgan. Mehnat 
resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi ko‘rsatkichi imkon qadar ushbu 
me’yorga yaqin bo‘lishi kerak.
e) belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti. U bir ishchi 
yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-
soat) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo‘lgan vaqtga taqsimlash 
natijasida aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 
Im

Yüklə 281,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin