ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yanada kuchaytirish borasida chora-
tadbirlar belgilandi. Shu kabi chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz jami aholisi
tarkibida qishloq aholisining ulushi sezilarli darajada pasaydi. 2009-yilda
mamlakatimiz jami aholisi tarkibida qishloq aholisining ulishi 48,3 foizni (13297,4
ming kishi / 27533,4 ming kishi * 100), 2020-yilga kelib esa ushbu ko‘rsatkich
49,4 foizni (16761,1 ming kishi / 33905,2 ming kishi * 100) tashkil etgan. 2023-
yilda esa ushbu ko‘rsatkich 49,0 foizni tashkil etmoqda. Xorazm,
Surxondaryo,
Samarqand va Buxoro viloyatlari aholisi tarkibida qishloq aholisining ulushi eng
yuqoridir.
Qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholining turmush farovonligi mazkur
tarmoqda
amalga
oshirilayotgan
islohotlarning
iqtisodiy
va
ijtimoiy
samaradorligiga bevosita bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i qanchalik rivojlansa,
qishloq joylarda istiqomat qiluvchi aholining bandligini ta’minlash, ularning
daromadlarini oshirish imkoniyatlari shunchalik ortadi.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslari tarkibiga
mehnat qobiliyatiga ega
bo‘lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha
bo‘lgan xotin-qizlar hamda o‘z xohishiga ko‘ra mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanayotgan o‘smirlar va nafaqaxo‘rlar kiradi. Qishloq xo‘jaligida o‘smirlar
asosan mavsumiy ishlarga jalb etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Statistika agentligi
ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 2022-yilda mehnatga layoqatli yoshdagi
mehnatga layoqatli aholi soni 19393,0 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, doimiy
aholi soniga nisbatan 54,4 foizni tashkil etgan (4.2-jadval).
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslarining tarmoq xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
- mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog‘liq;
- mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishining
mavsumiyligi katta ta’sir ko‘rsatadi;
- qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayoni tirik organizmlar bilan uzviy bog‘langan;
- qishloq xo‘jaligida mehnat jarayonining mexanizatsiyalashganlik va
avtomatlashganlik darajasi past;
- tarmoqda mehnat jarayoni tor doirada ixtisoslashmagan;
- qishloq joylarida mehnat resurslari sonining o‘sish sur’ati
nisbatan yuqori va
hokazo.
Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga,
sifatiga va samarasiga bevosita ta’sir etadi. Tabiiy sharoitlar, ya’ni iqlim va
yerning holati mehnat resursining samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Qish
oylarida mehnat resursiga bo‘lgan talab keskin kamayib, bahorda va hosilni yig‘ib
olishda esa unga bo‘lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilarni shartnoma
asosida jalb qilish talab etiladi. Dehqonchilik va chorvachilikda mehnat qilayotgan
xodimlar o‘simliklarning hamda chorva mollarining
xususiyatlarini bilishlari
lozim.
Tarmoqning
yangi,
unumli
texnikalar
bilan
talab
darajasida
ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug‘orish, yagonalash, hosilni yig‘ib
olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog‘ish va boshqalar) to‘liq
mexanizatsiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada jonli mehnat xarajatlari yuqori
bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali
bo‘lishini ta’minlash uchun barcha xususiyatlarni e’tiborga
olish maqsadga
muvofiqdir.
Mamlakatimizda mehnat resurslari soni va uning tarkibi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar 4.2-jadvalda keltirilgan.
4.2-jadval
Dostları ilə paylaş: