7-chizma. Auditorlik tekshiruvi uchun vaqt sarfini rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillar
Tuzilgan umumiy reja audit dasturini amalga oshirishning asosiy manbasi yoki
dasturning uslubiy hamda me’yoriy asosi bo’lib xizmat qilishi kerak. Auditorlik
tekshiruvini o’tkazish jarayonida umumiy rejaning ayrim qoidalariga o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin, bunday vaqtda kiritiladigan
o’zgartirishlar mazmuni va sabablari rejada batafsil bayon etilishi kerak.
Auditorlik tekshiruvining umumiy rejasi va dasturi har bir auditorlik tekshiruvi
ob’ekti(asosiy vositalar auditi, pul mablag’lari auditi, TMZ auditi va shu kabilar)ning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida va maxsus shakl hamda mazmunda
ishlab chiqilishi lozim. Biz quyida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditning umumiy
rejasini quyidagi 1-jadvaldagi shartli misolda keltirilgan
shaklda tuzishni tavsiya
etamiz. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, auditning umumiy rejasini auditorlik
tekshiruvining har bir ob’ektiga alohida va maxsus shaklda tuzish jarayoni auditordan
qo’shimcha vaqt, mehnat va qog’oz xarajatlarini talab etadi.
Biroq umumiy rejada
faqatgina auditorlik tekshiruvini o’tkazishning umumiy jarayoni aks ettiriladi, u
tekshiruvchilar uchun aniq vazifa, vaqt va tekshiruvni o’tkazishning
aniq tartibi
haqida ma’lumot olish imkonini bermaydi.
Dostları ilə paylaş: