2.
Iste’molchi xohishi tranzitivdir (oʻzgaruvchan). Agar iste’molchi A
majmuani B ga nisbatan koʻproq xoxlasa va B majmuani C majmuadan koʻra
koʻproq xoxlasa, unda u A majmuani C majmuaga nisbatan koʻproq
xoxlagan
boʻladi, ya’ni:
A > B; B > C boʻlsa, demak
A > C
3.
Toʻyinmaslik, Iste’molchi bozorda oʻz etiyojlarini toʻlaroq qondirishga
harakat qiladi, ya’ni, har doim ne’matning koʻproq qismini kamroq qismidan afzal
koʻradi.
Iste’molchi oʻzining didi va ruhiyatiga koʻra turli xil tovarlar toʻplamini
ma’qul koʻrishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir toʻplamini boshqa biriga
taqqoslab koʻradi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizigʻi muhim
rol oʻynaydi. Muqobil tanlov quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
birinchidan, tanlov nuqtasining budjet chizigʻida yotishi. Iste’molchi amalda
barcha daromadini iste’molga
sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga
qoldirsa-da, nazariy jihatdan
biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar
nuqta budjet chizigʻidan chapda yotsa – daromadining toʻliq sarflanmaganligini,
oʻngda yotsa – sarflar imkoniyat darajasidan chetga chiqilganligini tushunamiz;
ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari toʻplami eng ma’qul koʻrilgan
kombinatsiyada boʻlishi lozim.
6-rasm. Iste’molchining optimal tanlovi
1
Chizmada uchta befarqlik egri chizigʻi ifodalangan boʻlib, ular iste’molchiga
turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – oʻrtacha
qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi
tanlovini
ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. C va
D nuqtalar bir hil budjet chizigʻida joylashganligi uchun ikkala kombinatsiyaga ham
bir hil budjet sarflanadi. Iste’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D
1
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 375-p.
nuqta unga nisbatan koʻproq
ehtiyojni qondiradi; F nuqta ehtiyojni toʻlaroq
qondirishi mumkin, biroq u budjet imkoniyatidan tashqariga chiqish hisoblanadi. D
nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta
ehtiyojlarning yuqori darajada qondirilishini ta’minlovchi
tovar va xizmatlar
toʻplami eng koʻp qoniqish beruvchi befarqlik egri chizigʻining budjet chizigʻi bilan
kesishgan joyida yotadi. D nuqta ayni paytda budjet chizigʻining va befarqlik egri
chizigʻi joylashishining bir xil darajasini koʻrsatadi.
D nuqtada budjet A va B
tovarlar narxlari nisbatiga teng, befarqlik egri chizigʻida esa A va B tovarlar soʻnggi
qoʻshilgan nafliliklari nisbatiga teng.
Bundan kelib chiqib quyidagi formulani keltirishimiz mumkin
2
:
Dostları ilə paylaş: