muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan
sari koʻpayib, rivojlanib hamda ularning oʻzgarib borishi natijasida vujudga keladi.
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi
kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin boʻlgan narsaga oʻxshab koʻrinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at,
adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shugʻullanishlari uchun hayotiy
ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi,
oʻzining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari –
kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-roʻzgʻor buyumlariga ega boʻlish, bilim olish kabi
ehtiyojlar uchun zarur boʻlgan pul daromadlarini qayerdan, nima hisobiga topish
kerak degan muammolarga duch keladi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablagʻlari, tabiiy boyliklar,
malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi
cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona
foydalanib, aholining toʻxtovsiz oʻsib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga
erishish, resurslar va mahsulotlarni toʻgʻri taqsimlash yoʻllarini topish
iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati
boʻyicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1)
ishlab chiqarish jarayoni;
2)
taqsimlash jarayoni;
3)
ayirboshlash jarayoni;
4)
iste’mol qilish jarayoni.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo toʻxtovsiz
takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu chizmada tushunish osonroq
boʻladi.
Dostları ilə paylaş: