3. Sintez – bu oʻrganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun
yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir.
4. Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli .
5. Foydalanilayotgan usullar ichida
eksperiment ma’lum oʻrin egallaydi,
iqtisodiy oʻsishning keskin oʻzgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi.
6. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qoʻshib olib borish .
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlangʻich boʻgʻini boʻlmish korxona va
firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati, xulqi
tadqiq qilinadi.
7. Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi boʻlgan, ammo oʻzaro
bogʻliqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab
harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati
deduksiya deb ataladi.
8. Iqtisodiy jararyonlarni oʻrganish va tahlil qilishda
ikki tomonlama yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai
nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yoʻl
qoʻyilib, yanglish tasavvurga va notoʻgʻri xulosalarga olib kelishi mumkin.
9. Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda
taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi
davrda grafik usulni keng oʻzlashtirish va qoʻllash zarurdir. Bu usullar yordamida
iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi oʻzgarishlarni, kelib
chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin boʻladi.
Shuningdek,