1-rasm. Ehtiyojlarning turkumlanishi.
Jamiyatning, ya’ni
uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar
ehtiyojlarining
cheksizligi, ularning toʻxtovsiz yangilanib va oʻsib borishi tabiiy
boʻlib, uni oʻziga xos qonun orqali ifodalash mumkin.
Ehtiyojlarning miqdoran
oʻsib, sifat jihatidan takomillashib borishi
ehtiyojlarning oʻsib borishi qonuni
deyiladi.
Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar oʻrtasidagi uzviy, toʻgʻridan-
toʻgʻri bogʻliqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning oʻsib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi.
Chunki ehtiyojlar cheksiz oʻzgargani holda uni ta’minlash uchun kerak boʻladigan
iqtisodiy resurslar cheklangan boʻladi.
Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab
chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonlarida foydalanish mumkin boʻlgan barcha
vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmon va biologik resurslar);
2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar,
asbob-uskunalar,
inshootlar, qurilmalar,
sotishga tayyor tovarlar, pul mablagʻlari va
boshqalar);
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab
chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish
vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib,
ishlab chiqarish
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qoʻyadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning optimal variantlarini (eng zarur
va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni koʻproq ishlab chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib,
yangi
energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb
qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga
ega boʻlishni taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: