Iqtisodiyot va biznes


Davriy iqtisodiy qonunlar



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

Davriy iqtisodiy qonunlar 
Umumiy iqtisodiy qonunlar 


Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan oʻylab 
topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha boʻlib, 
ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy 
muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar 
bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli 
boʻgʻinlari, sohalari, boʻlaklari orasidagi bogʻliqlikni, ularning biri oʻzgarsa, albatta 
ikkinchisi ham oʻzgarishi mumkinligini koʻrsatadi. Iqtisodiy kategoriya – ilmiy 
tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi.
Iqtisodiy fanlarning ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatidan xabardor boʻlish, 
iqtisodiy tafakkurlash imkoniyatlariga ega boʻlishni taqozo etadi. 
Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yoʻllari, qonun-
qoidalari va aniq hadislaridir.
Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va 
nazariyasini oʻz ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga 
ega, lekin har bir fan oʻzining predmetidan kelib chiqib, oʻzining ilmiy bilish 
usullariga ega boʻladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy 
boʻladi. 
Iqtisodiyot fanining oʻziga xos tadqiqot usullari ham mavjud boʻlib ular 
quyidagilar:
1.
 
Ilmiy abstraksiya usuli – 
tahlil paytida xalal berishi mumkin boʻlgan 
ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, oʻrganilayotgan 
jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir.
2.
 
Tahlil – 
bu oʻrganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va 
ularni izchillik bilan oʻrganish.

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin