Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va
jarayonlar oʻrtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat
aloqalarini, ularning oʻzaro bogʻliqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega boʻlib, ularning kelib chiqishi,
amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning
hohish-irodasiga bogʻliq emas.
Iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlash mumkin:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar.
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar.
3. Maxsus, oʻziga xos iqtisodiy qonunlar.
Iqtisodiy qonunlarning yuqorida sanab oʻtilgan guruhlarini bir-biridan
farqlash uchun quyidagi shartli chizmadan foydalanamiz (2-rasm).
1
2 3
4 5
… va hokazo
3-rasm. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi Chizmadan koʻrinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha
bosqichlarni bosib oʻtib, ular 1, 2, 3, … va h.k. tartibida belgilangan. Yuqorida
ta’kidlanganidek, maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun
alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy
qonunlar esa taraqqiyotining bir necha (bizning chizmada 3 ta) bosqichi uchun
tegishli boʻladi va ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati
taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning har birida toʻliq amal
qiladi.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarining alohida
tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham
ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar
va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlari Maxsus iqtisodiy qonunlar