Iqtisodiyot va biznes


tomonidan oʻzi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

tomonidan oʻzi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi 
iste’molchining afzal koʻrishi deyiladi.
4.2. Iste’molchilarning xatti-harakatlariga xulq-atvor yondashuvlari 
Bozor vaziyatining oʻzgarishini iste’molchi nuqtai nazaridan qarab chiqilsa 
aynan olingan tovarga talab qanday shakllanadi, uning xulqi nimadan iborat
iste’molchi tanlovi qanday tartibda amalga oshiriladi kabi savollarga mantiqiy javob 
topish mumkin boʻladi.
Iste’molchi hulqi bu ularning turli xil tovar va xizmatlarga talabning 
shakllanish jarayonidir
. Iste’molchi hulqi quyidagi mantiq asosiga quriladi:
1. Iste’molchi imkoniyati cheklangan sharoitda harakat qiladi, shu sababli 
uning qarori tovarlarning mavjud muqobil variantlaridan birini tanlashga qaratiladi.
2. Iste’molchi maqsadi – tovarlarni iste’mol qilish natijasida maksimal 
qoniqish olishdir.
3. Iste’molchi xulqi oqilona, ya’ni u barcha cheklanishlarni baholaydi va oʻz 
maqsadiga yetishishning eng yaxshi variantini tanlaydi.
Iste’molchi xulqini miqdoriy aniqlashda keyingi naflilik nazariyasi va 
befarqlik egri chizigʻi usuli yordamida amalga oshiriladi. 
Naflilik 
– sub’ektiv 
qoniqish ya’ni tovar (xizmat) ni iste’mol qilishdan koʻriladigan naf. Umumiy tarzda 
naflilik tovarning inson ehtiyojini qondira olish qobiliyati deb ta’riflashimiz 
mumkin
4
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir 
miqdordagi 
taqqoslashni 
bildiradi.
Naflilikni 
mutloq 
koʻrsatkichlarda 
oʻlchashning ahamiyati boʻlmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-
ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir toʻplamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan 
qay darajada afzalligini koʻrsatib berish mumkin emas. 
Naflilik‖ atamasini ilmiy sohaga birinchi boʻlib ingliz filosofi I.Bentam (1748-
1832) kiritgan.
Naflilik va narx oʻrtasidagi bogʻliqlikni ilk bor ingliz iqtisodchi olimi 
U.Djevons (1835-1882) koʻrsatib, keyingi naflilik kontseptsiyasini ilgari suradi va 
aynan u bozor narxida oʻz oʻrniga ega boʻlishini isbotlaydi. Naflilikni miqdoriy 
aniqlash ancha qiyin, chunki u sub’ektiv tushuncha. Ayni vaqtda iqtisodiyot fanida 
naflilikni aniqlashda ikkita yondashuv qaror topgan: 
1. Kardinalistik yondashuvda naflilik miqdorini mutloq aniq hisoblash talab 
qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi ―yutil‖ (inglizcha – utility – naflilik) 
dan foydalaniladi. 

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin