Iste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning
ishlatilishi jarayoni.
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va
jarayonlar oʻrtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalari,
ularning oʻzaro bogʻliqligi.
Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va
real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Makroiqtisodiyot iqtisodiyotni yaxlitligicha oʻrganadi
Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotni muayyan birliklarini tadqiq etadi.
Pozitiv iqtisodiyot faktga asoslangan mulohazalar bilan shugʻullanadi
Normativ iqtisodiyot boʻlsa, subyektiv baholash bilan cheklanadi.
Kapital. Iqtisodchilar uchun kapital (yoki kapital mahsulotlari) ga iste’mol
tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarishda kerak boʻladigan barcha vositalarni
kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod-fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari,
yetkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi.
Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi
kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qoʻshilishini ta’minlaydigan,
tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan,
javobgarlikdan qoʻrqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa
tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.Tadbirkorlik qobiliyati inson mehnatidan
farqli oʻlaroq tadbirkorlik qobiliyati maxsus inson resursiga kiradi.
Muqobil xarajatlar har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish
uchun, voz kechishga toʻgʻri keladigan boshqa mahsulot miqdori hisoblanadi
Iqtisodiy bashoratlash oʻz ichiga uchta elementni qamrab oladi: taqchillik
va tanlov, maqsadli hatti-harakat va marjinal tahlil. U kishilar va institutlarning
marjinal xarajat va marjinal daromadga asoslanib ratsional qaror qabul qilishlarini
kuzatadi.
Budjet chizigʻi kishlarning daromadlarini tejash muammosi boʻlib,
xaridorning ma’lum pul daromadlari evaziga ma’lum narxda sotib olishi mumkin
boʻlgan ikki xil tovar kombinatsiyasini koʻrsatadi.
Jamiyatda biror bir xizmat turi va mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan
resurslarning hammasi iqtisodiy