Iqtisodiyot va biznes


-rasm. Narx oʻzgarishining daromad va oʻrnini bosish samarasi



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

11-rasm. Narx oʻzgarishining daromad va oʻrnini bosish samarasi. 
Hayotiy zarur tovarlarga narxning oʻsishi ularga boʻlgan talab miqdorining 
qisqarishiga emas, balki oʻsishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa 
xaridorlardan voz kechib narxi oʻsganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola 
boshlaydi. Bu Giffen samarasi deb ataladi. Giffen samarasi koʻpincha sanoat 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi, u namoyon boʻladigan tovarlar 
Giffen tovarlari deb nomlanadi. 
TAYANCH TUSHUNCHALAR 
Iqtisodiyot
– mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xoʻjaliklardan, 
xoʻjaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qoʻshma 
korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar oʻrtasidagi turli iqtisodiy 
munosabatlardan iborat oʻta murakkab ijtimoiy tizim. 
Ehtiyoj
– insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning 
rivojlanishi uchun kerak boʻlgan hayotiy vositalarga boʻlgan zarurat. 
9
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. Pp. 365-366 


Ehtiyojlarning oʻsib borishi qonuni
– ehtiyojlarning miqdoran oʻsib, sifat 
jihatidan takomillashib borishi. 
Iqtisodiy resurslar
– tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonlarida 
foydalanish mumkin boʻlgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.
Ishlab chiqarish
– kishilik jamiyatining mavjud boʻlishi va rivojlanishi 
uchun zarur boʻlgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. 
Taqsimot
– ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli 
qism va sub’ektlari oʻrtasida taqsimlash jarayoni. 
Ayirboshlash
– jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
chiqarish natijalari boʻyicha oʻzaro almashish jarayoni. 

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin