Iste’molchi hulqi
– bu ularning turli xil tovar va xizmatlarga talabning
shakllanish jarayonidir.
Iste’molchining afzal koʻrishi
– iste’molchi tomonidan oʻzi
uchun turli
tovarlarning naflilik darajasining baholanishidir.
Naflilik
– sub’ektiv qoniqish ya’ni tovar (xizmat) ni iste’mol qilishdan
koʻriladigan naf.
Keyingi naflilik
(margial utility)– muayyan ne’matning navbatdagi birligini
iste’mol qilishdan olingan qoʻshimcha naflilik.
Umumiy naflilik
(total utility) – soʻnggi qoʻshilgan naflilik koʻrsatkichlarini
jamlash orqali aniqlanadi.
Befarqlik egri chizigʻi
–iste’molchi uchun A va B tovarlarning u yoki bu teng
qiymatli toʻplamini aks ettiruvchi nuqtalarning geometrik joylashishi.
Befarqlik xaritasi
– naflilik darajasi boʻyicha bir-biridan farq qiluvchi farqsiz
egri chiziqlar yigʻindisi.
Oʻrnini bosish samarasi
– bunda bir tovar narxi oʻsganda xaridor uchun
oʻrnini bosuvchi boshqa tovar nisbatan arzon boʻlib qoladi hamda u ancha qimmatli
tovarni mazkur tovar bilan almashtiradi.
Daromad samarasi
– narx oʻzgarishi oqibatida iste’molchi pul daromadi
xarid qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning oʻzgarishi.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?
2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering.
4. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish
va yetkazib berish
insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi?
5. Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy
qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon boʻladi?
7. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu
nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
8. Iste’molchining afzal koʻrishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday ta’sir
koʻrsatadi?
9. Befarqlik egri chizigʻi nimani ifodalaydi? Ularning iste’molchi
xatti-
harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang.
10. Iste’molchi budjeti chizigʻiga narx va daromaddagi oʻzgarishlar qanday
ta’sir koʻrsatadi?
11. Muqobil tanlov va uning shartlariga izoh bering.
12. Iste’molchi hulqi qanday tamoyillarga asoslanadi?
13. Naflilikni aniqlashga doir ikki xil yondashuvga izoh bering.
14. Iste’molchilar oz nafligini maksimal qondirishlari
uchun daromadlarini
qanday sarflaydilar?
15. Daromad va tovar narxi iste’molchilar tanloviga qanday ta’sir koʻrsatadi?
16. B efarqlik egri chiziqlari nima uchun xech qachon kesishmaydi?
17. Iste’molchilar qaroriga qanday omillar ta’sir ko‗rsatadi?
18. Umumiy naflik qachon maksimum holatga erishadi?
Dostları ilə paylaş: