Iqtisodiyot va biznes


Mutloq bir-birini toʻldiruvchilar



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

Mutloq bir-birini toʻldiruvchilar
. Tasavvur qiling, kimdir sizga oyoq 
kiyimlar toʻplamini tavsiya etdi. Ularning ba’zilari oyogʻingizga mos tushdi
ba’zilari esa yoʻq. Siz ularni qanday baholar edingiz? Bu vaziyatda siz, albatta, 
oʻlchami mos kelganlarga e’libor qaratasiz. Boshqa soʻz bilan aytganda, siz faqat 
tanlab olgan oyoq kiyimlaringiz ustidan «hukm chiqarasiz». Beshta chap va yettita 
oʻng poy oyoq kiyimidan faqat beshta juftlik olishingiz mumkin. 
Befarqlik egri chizigʻi pasayib boruvchi koʻrinishda boʻladi. Befarqlik egri 
chizigʻining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim boʻlgan har 
ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga koʻra, bir tovarlar 
toʻplami (masalan, A) dan boshqa bir tovarlar toʻplami (masalan, V ga) tomon 
harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi 
shuncha miqdordagi naflilikka ega boʻlgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar 
qanchalik koʻp boʻlsa, A tovar shunchalik oz boʻladi, chunki A va V tovarlar 
oʻrtasida teskari aloqa mavjud. Oʻzgaruvchilari oʻrtasida teskari aloqa mavjud 
boʻlgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi koʻrinishda boʻladi. 
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha toʻplamlari boʻyicha afzal 
koʻrishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, 
befarqlik kartasi
hosil boʻladi. Har 
bir befarqlik egri chizigʻi kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar toʻplamini 
ifodalaydi. 8-rasmda befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik 
egri chizigʻi tasvirlangan. I
3
befarqlik egri chizigʻi ehtiyojlarni qondirilishining eng 
yuqori darajasini aks ettiradi. 


8-rasm. Befarqlik kartasi. 
Ehtiyojlarning har bir darajasiga koʻra cheksiz befarqlik egri chizigʻi mavjud 
boʻlishi mumkin. Biz sodda koʻrinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch 
egri chiziq tovarlar toʻplamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Zanjirlash 
toʻplamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yoʻnaltirilgan 
tartibda qoʻyib chiqadi. Biroq, bu tartib bir toʻplamning boshqa biridan nechogʻliq 
afzalligini koʻrsatib bera olmaydi.
Boshqa sharoitlar teng boʻlganda iste’molchi koʻproq tovarlar toʻplamini 
sotib olishni afzal koʻradi. Biroq kutilgan natija uning harid qilish imkoniyatiga 
bogʻliq boʻladi. Bozor tovarlar narxini belgilaydi, afzal koʻrishni esa iste’molchi 
daromadlari darajasiga bogʻliq boʻladi. Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda 

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin