Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023 504
madaniy va sport tadbirlari singari turlari mavjud
1
. Shundan ko‘rinib turibdiki
hozirgi vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiy faoliyatning asosiy turi hisoblanadi.
Deyarli har bir kishi u yoki bu xizmatdan foydalanadi. Raqamli iqtisodiyot eng
avvalo keng polosali internet portlarini yaratishni, optik tolali internet liniyalarini
yotqizishni taqozo qiladi. Ushbu muammolarni inobatga olgan holda hamda
mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yaratish
hozirda dolzarb hisoblanadi.
Keyingi yillarda raqamli iqtisodiyot tushunchasi ko‘plab mamlakatlar
iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyotida paydo bo‘ldi. Bu raqamli texnologiyalarning
jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv
jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi.
Raqamli iqtisodiyotning inson hayoti barcha jabhalariga ta'sirini sezish qiyin
emas. Hozirgi kunda sayyoramizning ko‘pchilik aholisi internetga kirish
imkoniyatiga ega va raqamli xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti xizmatlaridan
foydalanishi mumkin, ijtimoiy tarmoqlar, turli mesendjerlar allaqachon
shaxslararo muloqotning asosiy ajralmas qismiga aylangan.
Hozirda mamlakatimizda ham yuqori texnologiyalarga asoslangan, innovatsion
va raqamli iqtisodiyotga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Mamlakat prezidenti
Sh.Mirziyoev ta`kidlaganlaridek “Yangi asrda raqamli texnologiyalarga asoslangan
elektron biznes va elektron tijoratni nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyotning
shakllanishi tendensiyaviy tus oladi
2
.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Dunyoning aksariyat mamlakatlarida keyingi o‘n yilliklarida xizmat ko‘rsatish
sohasi davlatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilab bermoqda.
Sanoat va qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalarning joriy qilinishi hamda ishlab
chiqarishning avtomatlashtirilishi xizmatlar sohasini bandlikning asosiy manbaiga
aylanib bormoqda. Servis sohasining rivojlanishi universal jarayon bo‘lib, so‘ngi o‘n
yillikda quyidagi tendensiyalar uyg‘unligi bilan belgilanadi:
- ijtimoiy hayot va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi;
- barqaror rivojlanish, globallashuv hamda insonparvarlashuvning ijtimoiy
iqtisodiy jarayonlari;
- xizmat ko‘rsatish tendensiyalari va gibrid mahsuotning paydo bo‘lishi;
- hamkorlik iqtisodiyoti va birgalikdagi iste'mol iqtisodiyotining rivojlanishi;
Raqamli iqtisodiyot - bu siyosiy iqtisodiy, ilmiy-ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy
munosabatlardagi aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash yordamida amalga
1
Servis plus Тоm 12 2018 №1 / Service plus Volume 12 2018 #1
2
Shavkat Mirziyoyev “Yangi O’zbekiston strategiyasi”.-Toshkent: “O’zbekiston” nashriyoti, 2021 172,174b