Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023 507
xizmatlar sifati va ko‘lamini yanada oshirish, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash
maqsadida turizm sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga
oshirilmoqda. 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida turizm sohasida qabul
qilingan qarorlar va dasturlar doirasida, viloyatning sayyohlar ko‘p tashrif
buyuradigan hududlarida xorijiy sayyohlar uchun yanada qulayliklar yaratish
maqsadida xorijiy kartalarga (Visa Card, Master Card, Amerikan Express, China
Union Pay va boshqalar) xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashgan 5 ta valyuta
ayriboshlovchi bankomatlari, 6 ta terminallar, 21 ta “WIFI” nuqtalari o‘rnatilib
xizmat ko‘rsatmoqda.
Turizm sohasiga innovatsion texnologiyalarni keng tadbiq qilish va shaffoflikni
ta'minlash maqsadida Xiva shahri "Ichan-qal'a" davlat muzey qo‘riqxonasida –
“Muzeylarga kirish uchun elektron biletlar sotish va tashrif buyuruvchilarni hisobini
yuritishni avtomatlashtirilgan tizimi (turniketlar)ni yaratish” loyihasining 1-
bosqichi ishga tushirildi.
“Ichan qal'a” hududiga kirish, muzeylarni va ayrim diqqatga sazovor joylarni
tomosha qilish uchun chiptalar yagona kassadan sotilishi va barcha muzey va
diqqatga sazovor joylarga kirish ularning kirish qismlariga o‘rnatilgan smart-
turniketlar orqali amalga oshirilishi joriy qilindi.
“Wolsoft” korxonasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan
ajratilgan grant mablag‘lari asosida “Ichan-qala”ning 3D va VR BOX
ko‘rinishlari ishlab chiqilmoqda va bugungi kunda 9 ta asosiy obektdan 6 tasi
raqamlashtirilgan. Ushbu loyiha “Ichan-qala” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida
test rejimida tekshirildi.
Shunday bo‘lsada, viloyatda sohaning yanada jadal rivojlanishiga to‘sqinlik
qilayotgan ayrim sabablar ham mavjud.
Bizning fikrimizcha, hozirgi vaqtda hududdagi muammolar sifatida turizm
xizmatlari raqamlashtirilishining jahon standartlaridan nibatan pastroq darajasi,
qo‘shimcha xizmatlar (transport, bank, sanitariya-epidemiologik va sug‘urta
xizmatlari) raqamlashtirilishi darajasi pastligi , to‘g‘ri raqamli marketing
strategiyalari ishlab chiqilmaganligini keltirishimiz mumkin.
Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish kerakki, viloyatda turizm sohasini yanada jadal
rivojlanishiga erishish uchun, ushbu sohada yetakchi bo‘lgan davlatlar tajribalariga
suyanish, marketing strategiyalarini to‘g‘ri tanlay olish lozim.
Xorazm viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish, uni raqamli iqtisodiyot
darajasiga olib chiqish, viloyatimizga xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada
ko‘proq jalb qilish maqsadida turizmda raqamlashtirilgan xizmatlar sifatini jahon
andozalariga javob beradigan darajaga olib chiqish, raqamli marketing