Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023 508
strategiyalaridan kengroq foydalanish ishlarini amalga oshirilishi zarur, deb
hisoblaymiz. Viloyatda o‘tkaziladigan barcha madaniy tadbirlar va festivallar
haqidagi ma'lumotlarni o‘zida jamlagan veb-sayti ishlab chiqilishi, internet
tarmoqi va OAV orqali reklamalarning ko‘paytirilishi turistlarning hududga
nisbatan yanada qizishini orttiradi.
XULOSA Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha davlat o‘z rolini
muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, bu erishilgan natijalar va yaqin istiqbolga
mo‘ljallangan ulkan maqsadlardan dalolat beradi.
Xizmatlar sohasini raqamlashtirish mehnat bozorida o‘zgarishlarni keltirib
chiqaradi. Xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat bozorining tuzilishi ham o‘zgarib
bormoqda, ayrim kasblarining yo‘qolib borishi va yangi kasblarning paydo
bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Raqamli xizmat ko‘rsatish iqtisodiyotida ishlash
uchun yangi kognitiv, ijtimoiy xulq-atvor va raqamli ko‘nikmalar talab qilinadi, ular
raqamli iqtisodiyotda ishlashga qodir kadrlarni tayyorlash jarayonida shakllanishi
lozim. Raqamli iqtisodiyot katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga
asoslanganligi sababli, xodimlarning raqamli kompetensiyalari, xavfsizligi,
ishonchliligi, katta hajmdagi axborotni uzoq muddat saqlashi alohida ahamiyat
kasb yetadi.
Zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha manbalar, qulay
tabiiy-iqlim sharoit, boy tarixiy madaniy me'ros umuman olganda yuqori salohiyat
mavjud. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, sohani raqamlashtirish
va uni yanada takomillashtirish yalpi hududiy mahsulotning oshishiga,
ishsizlikning qisqarishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga zamin yaratadi.
REFERENCES 1.
Shavkat Mirziyoyev “Yangi O’zbekiston strategiyasi”.-Toshkent: “O’zbekiston”
nashriyoti, 2022.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi “Xizmatlar
sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘rsida”gi PQ-5113-sonli Qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi
“2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 55-sonli
qarori. //www.lex.uz
4.
Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of
Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.