Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
503
XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA
RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Alieva G.I.
Urganch davlat universiteti
gulnara@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur
maqolada
raqamli
iqtisodiyot,
uning
xizmatlar
sohasini
rivojlantirishdagi roli, sanoat inqilobi va uning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli,
xizmatlar sohasining transformatsiyasi sharoitida nimalarga ahamiyat berish, turizm,
mehmonxona biznesiga kirib kelayotgan raqamli texnologiyalar va ulardan
foydalanish imkoniyatlari, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni joriy etish
dasturlari va imkoniyatlari tahlili hamda Xorazm viloyatida turizm sohasi
raqamlashtirilishi holati bo‘yicha bilimlar darajasi o‘rganilgan, shuningdek, mavjud
tadqiqotlar tahlili asosida rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, xizmatlar sohasi,
ijtimoiy media marketing, biznes-model, ERP tizim, turizm, turistik xizmatlar,
raqamli marketing.
ABSTRACT
In this article, the digital economy, its role in the development of the service
sector, the industrial revolution and its role in economic development, what is
important in the context of the transformation of the service sector, the digital
technologies entering the tourism and hotel business and the possibilities of their use,
the analysis of programs and opportunities for the introduction of the digital
economy in Uzbekistan, and the level of knowledge on the digitalization of the
tourism industry in Khorezm region was studied, as well as the opportunities for
development were highlighted based on the analysis of existing research.
Keywords: digital economy, digital transformation, service sector, social media
marketing, business model, ERP system, tourism, tourist services, digital marketing.
KIRISH
Xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti va turizm sohasi iqtisodiy faoliyatning eng
istiqbolli turlaridan biridir. Rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti
tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, xizmatlar ishlab chiqarish hajmi va ulardan
daromadlar ortib bormoqda. Jahon savdo tashkiloti tasnifiga ko‘ra xizmatlar
ko‘rsatish iqtisodiyoti 150 dan ortiq turli xil xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Jumladan,
biznes xizmatlari, aloqa xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, ta'lim xizmatlari,
turizm
va unga tegishli xizmatlar, transport xizmatlari, transport va dam olish hamda