Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023 505
oshiruvchi yangi tizim bo‘lib, raqamli iqtisodiyot sharoitida servis sohasini
barqaror rivojlantirish alohida ahamiyatga egadir.
Raqamli iqtisodiyot tovarlar va xizmatlarni yaratish, ilgari surish va sotish bilan
bog‘liq barcha biznes jarayonlarni raqamlashtirishni o‘z ichiga oladi. Raqamli
ma'lumotlar ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanib, kompaniyalarning asosiy
aktiviga aylanib, barcha iqtisodiy faoliyatda asosiy rol o‘ynaydi.
Yaxlit global tarmoqda real vaqt rejimida iqtisodiy tizimlar faoliyati
to‘g‘risidagi ma'lumotlardan foydalanishni ta'minlovchi xizmat ko‘rsatish biznesining
axborot muhiti alohida ahamiyatga ega. Raqamli infratuzilma raqamli asosda
ishlaydigan kompaniyalarning hisoblash, telekommunikatsiya, tarmoq ehtiyojlarini
ta'minlaydigan texnologiyalar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Yangi iqtisodiyotning raqamli infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi eng yangi
raqamli texnologiyalarga quyidagilar kiradi:
-
katta ma'lumotlar texnologiyalari (Big Data)
-
blokcheyn texnologiyalari
-
narsalar interneti
-
neyron tarmoqlar (sun'iy intellekt)
-
virtual va to‘ldirilgan reallik texnologiyalari
-
3D bosib chiqarish
-
mobil qurilmalar
-
aqlli sensorlar va boshqalar.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi aloqa xizmatlari, bank xizmatlari, turizm
xizmatlari raqamli texnologiyalarni faol joriy etishga to‘liq yo‘naltirilgan, xizmat
ko‘rsatish iqtisodiyotidagi ko‘plab biznes jarayonlar, raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishning yangi paradigmasiga muvofiq allaqachon qayta qurilgan.
Raqamli texnologiyalar eng faol joriy etilayotgan sohalardan biri bu turizm
xizmatlaridir. Turistik yo‘nalishning jozibadorligini shakllantirish va turistlar
oqimini ta'minlash uchun sayohatchi uchun zarur bo‘lgan barcha ma'lumotlarni
o‘z ichiga olgan yaxshi axborot ta'minotini yaratish kerak.
Olib borilgan kuzatuvlar natijasida sayohatni rejalashtirishda sayyohlarning
80% ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va tanlangan manzilga oid video va
fotosuratlarni o‘rganadi, 86% sayohat paytida mobil aloqani asosiy narsa deb
bilishadi, sayyohlarning 73% elektron bortga chiqish talonlari va chiptalar katta
ahamiyatga ega deb hisoblashadi. Sayyohlarning 75 foizi saytlarida o‘z
sharhlarini qoldiradilar, 37% sayyohlar sayohat paytida smartfonlarida konserj
xizmatiga mutoj, 69% o‘zlari yetib borgan manzili haqida maksimal mumkin