Xizmatlar sohasini raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 72,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü72,13 Kb.
#177045
1   2   3   4   5   6   7
79 Alieva G.I. 503-509

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
506 
bo‘lgan ma'lumot olishni xohlaydilar, o‘rtacha hisobda turistlar sayohat paytida
17 ta turli xil mobil ilovalardan foydalanadilar.
Xorazm viloyati hududi “Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan
bo‘lib, O‘zbekistonning eng yuqori sayyohlik salohiyatiga ega mintaqalaridan biri
hisoblanadi. Jahon hamjamiyati tomonidan Xiva shahrining ochiq muzey-shahar
sifatida e'tirof etilishi hamda YUNESKO tomonidan butunjahon merosi ro‘yxatiga 
kiritilishi, nafaqat Xorazm viloyati, balki O‘zbekistonning jahon turizm bozoriga 
dadil kirib borishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Shularni inobatga olgan
holda ushbu sohada ham raqamli texnologiyalarni joriy qilish va undan samarali
foydalanish orqali turizmni jadal rivojlanishiga erishish mumkin.
2021 yilda amalda viloyat bo‘yicha umumiy qiymati 254,5 mlrd. so‘m (o‘z 
mablag‘lari 218,4 mlrd. so‘m, bank krediti 36,1 mlrd.so‘m) miqdoridagi 47 ta loyiha 
amalga oshirildi va 468 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan, Xiva shahrida
8 ta mehmonxona va 6 ta oilaviy mehmon uyi, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 
Urganch shahrida 2 ta oilaviy mehmon uyi, kinoteatr, tibbiy klinika, restoran, va 
boshqalar ishga tushirildi. Viloyatda joylashtirish vositalari soni va infratuzilma 
ob'ektlari soni ham yildan yilga oshib bormoqda. Jumladan hozirda joylashtirish 
vositalari soni jami 179 taga yetgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2018 yilda 69 tani,
2019 yilda 152 ta, 2020 yilda esa 162 tani tashkil qilgan. Shundan: 79 ta 
mehmonxona, 83 ta oilaviy mehmon uylari, 2 ta mehmon uylari, 12 ta xostel va 3 ta 
boshqa joylashtirish vositalaridan iborat. 2021 yilda 61 ta sayyohlik tashkiloti 
faoliyati ro‘yxatga olingan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 1,7 barobarga o‘sgan. 
2018-2021 yillarda Xorazm viloyatining turictik salohiyati va 
infratuzilmasi holati

2018 
2019 
2020 
2021 
Joylashtirish vositalari soni (tа) 
69 
152 
162 
179 
Sayyohlik tashkilotlari soni jami (tа) 
34 
58 
59 
61 
Zamonaviy 
turistik 
sinfga 
mansub 
avtotransport vositalari soni jami (tа) 
34 
133 
293 
303 
Tegishli sertifikatlarga ega gid-ekskursovodlar 
soni jami(nafar) 
103 
114 
114 
138 
Turistik axborot markazlar (tа) 

12 
12 
17 
Turistik yo`l ko`rsatkich belgilar (tа) 
28 
46 
80 
109 
Xorazm viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish, viloyatga xorijiy va
mahalliy sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilish, turizm sohasida ko‘rsatilayotgan 
3
Xorazm viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari



Yüklə 72,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin