4.4. Marketingda tashqi soha elementlari
Har qanday tizim kabi marketing tizimi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni o‘zining belgilari,
qonuniyatlari, maqsad va vazifalari mavjud. Bu tizim har bir elementi tashqi muhit omillariga
bog‘liq. Marketing tizimining tashqi muhitining muhim elementlariga avvalambor, quyidagilarni
kiritish lozim.
1) ta’minotchilar; 2)
raqobatchilar; 3) vositachilar; 4) iste’molchilar (bozor); 5) firma.
Firmaning samarali faoliyati bevosita sanab o‘tilgan tashqi muhit elementlari bilan bog‘liq bo‘lib,
ma’lum sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar ham unga
bevosita ta’sir etadi.
Ta’minotchilar
– marketing tizimining subyekti bo‘lib, ularning funksiyasiga hamkor firmalarni
zarur xomashyo va kerakli asbobuskunalar bilan ta’minlashdan iborat.
Raqobat
– bozorda ishlab chiqarish va tovarlarni sotish (o‘tkazish)ning
bozordagi eng yaxshi shart-
sharoitlari uchun iqtisodiy raqobatchilik shakli.
Raqobatchilar
– marketing obyekti sifatida samarali yo‘llarni izlab raqobatda ilgarilab ketishni
xohlab, ular ta’minotchilarni eng qulay va yaqinda joylashganini tanlashga urunadilar,
vositachilardan foydalanishda ham eng maqbulini topadilar, iste’molchilarni o‘zlariga jalb qilishga
harakat qilib, yangi yangi tovar turlarini ishlab chiqadilar. Raqobatchi firmalarning kuchli va zaif
tomonlarini o‘rganib o‘z strategiyalarini ishlab chiqadilar.
Raqobat muhitini o‘rganish biznesda muvaffaqiyatga erishishga imkon
beruvchi samarali raqobat
strategiyasini ishlab chiqish uchun zarur. Bozorning ulushi, firma daromadining darajasi kompaniya
raqobatchilarga qarshi qanchalik samarali kurasha olishi bilan belgilanadi.
Raqobatchilik tahlilini ishlab chiqishning tan olingan yetakchisi Garvard biznes maktabining
professori Maykl Porterdir. Uning fikricha, korxonaning raqobat muhitini shakllantiruvchi
raqobatchi kuchlar beshta guruhga bo‘linadi.
1.
O‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar o‘rtasidagi) raqobatchilik kuchi.
2.
O‘rnini bosuvchi
mahsulot ishlab chiqaruvchilar, o‘sha ehtiyojning o‘zini, lekin bir qancha
boshqa usullar bilan samarali qanoatlantiruvchi tovarni taklif qilish bilan raqobatni
keskinlashtirishi mumkin. Ko‘pincha, aynan mana shu guruhning raqobatchilik kuchi firma
uchun vayron qiluvchi bo‘ladi.
3.
Mahsulotlar va yarim fabrikatlarni komplektlovchi xomashyo va materiallar yetkazib
beruvchilar. Bu guruh vakillarining firmaning raqobat potensialiga ta’sir etish kuchi yetkazib
beruvchilarning o‘z tovarlari narxini oshirishi va shu tarzda firma mahsuloti tannarxiga ta’sir
o‘tkazish yoki yetkazib beriladigan mahsulot va xizmatlarining
sifatini pasaytirish va shu
tarzda firmaning mahsulotlari yoki xizmatlari sifatiga ta’sir etishdan iborat.
4.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.
5. Xaridorlarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishi.
Mahsulotlarni sotib oluvchilar (xaridorlar) ham, vositachilar ham raqobatni kuch sifati tovarlarda
belgilangan iste’mol sifati bo‘lishini yoki yaxshi xizmat ko‘rsatishning talab qilishga, shuningdek,
pasaytirish maqsadida narxlarga bosim o‘tkazishga qodir.
O‘xshash mahsulotlarning potensial ishlab chiqaruvchilari iste’molchilarni o‘z mahsulotlariga qayta
jalb qilishi, shuningdek, mahsulotning potensial iste’molchilarini jalb qilishi mumkin.
Raqobatchilarning har bir guruhini o‘rganish firmaning alohida strategiyasini ishlab chiqishni talab
qiladi, bu esa marketing bo‘yicha mutaxassislarning majburiyatlaridan biridir. Tovar bozorida to‘g‘ri
raqobatchilar o‘rtasida raqobat kurashining jadalligi va aniq shakli raqobatning xarakteriga bog‘liq
holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi
darajasini xarakterlaydi. Tovarning raqobatbardoshligi –
bu tovarda yakunlangan, xaridor uchun
narx, u tovarni sotib olishga undaydi (xaridorda tovarni sotib olish istagini qo‘zg‘atadi).
Raqobatbardoshli tovar, birinchidan, xaridor uchun shunchalik foydali, qiziq bo‘lsinki, uning uchun
o‘z pulini berishga tayyor bo‘lsin ikkinchidan, xaridor uchun boshqa firmalarda
ishlab chiqarilgan
o‘xshash yoki iste’mol sifati bo‘yicha o‘xshaydigan tovarga nisbatan ancha qiziqarliroq bo‘lsin.
Firmalarning raqobatbardoshligi – uning raqobat sharoitida bozorda egallab turgan ulushini saqlab
qolish yoki kengaytirishga imkon beruvchi marketing potensialidir.
Aniq bozordagi raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1.
Bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash.
2.
Tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash.
3.
Tayanch raqobatchilarni baholash.
4.
Raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish.
5.
Potensial raqobatchilarni aniqlash.
Raqobatlarning tahlili firmaning va raqobatchilikning tarmoq ichidagi, tarmoqlararo narxlarga oid
va narxlarga oid bo‘lmagan kabi turlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.Tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar
tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir. Odatda, bunday tuzilishni 4
ga bo‘lish mumkin: sof (yoki takomillashgan) raqobat, oligopoliya, monopolistik
raqobat va
monopoliya.
4.5-jadval Bozordagi raqobatli vaziyat turlari
Dostları ilə paylaş: