1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


tovarni ishlab chiqish strategiyasi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   206
M.A.

tovarni ishlab chiqish strategiyasi,
bunda o‘sish masalasini firma egallab bo‘lgan bozor 
uchun innovatsion tovar siyosati hisobiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulotni 
mukammallashtirish, uning iste’mol xossalarini yaxshilash, chiqarilayotgan mahsulotlarning 
assortimentlari uyg‘unligi, mahsulotlarning yangi modellari va turlarini yaratish, qadoqlarini 
o‘zgartirish, ushbu bozor uchun yangi tovar ishlab chiqish va chiqarish yo‘li bilan hal qilish 
ko‘zda tutiladi. 
Ikkinchi guruhni 
integratsiyalangan o‘sish strategiyasi
shakllantiradi, u yangi strukturalar qo‘shish 
orqali firmani kengaytirish bilan bog‘liq. Firma mulk sotib olish yo‘li bilan ham, ichdan kengayish 
yo‘li bilan ham integratsiyalangan o‘sishni amalga oshirishi mumkin. Bunda ikkala holatda ham 
firmaning holatida tarmoq ichidan o‘zgarish yuz beradi. Integratsiyalangan o‘sish strategiyasining 
uchta turi ajratiladi: 

teskari vertikal integratsiya strategiyasi 
- firmaning mahsulot yetkazib beruvchi firmani 
sotib olishi yoki ularning ustidan nazoratni kuchaytirishi hisobiga o‘sishiga yo‘naltirilgan. 
Bu strategiyani amalga oshirish narxlar o‘zgarishining butlovchilar va mahsulot yetkazib 
beruvchilar so‘rovlariga bog‘liqligini kamaytiradi; 

oldinga yuruvchi vertikal integratsiya strategiyasi 
- firmaning savdo va tarqatish bilan 
shug‘ullanuvchi mahsulot yetkazib beruvchi firmalarni sotib olishi yoki ular ustidan 
nazoratni kuchaytirishi bilan o‘sishiga yo‘naltirilgan. Integratsiyaning bu turi vositachilik 
xizmatlari o‘ta kengayganda yoki firma ish sifati yuqori bo‘lgan vositachilarni topa 
olmaganda, juda foydali; 

gorizontal integratsiyalash strategiyasi
yoki raqobatchi firmani mag‘lub etish yoki 
qo‘shilish yoxud xorijiy kapital bilan hamkorlikda tashkilot yaratish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin