Hozirgi davrning asosiy talabi bu ilmiy tadqiqot, tajriba va konstruktorlik ishlarining (ITTKI)
firmalar strategiyasida hal etuvchi sohaga aylanishi bilan belgilanadi.
Har qanday firmaning rahbari, hatto u rejalashtirish g‘oyasiga qarshi bo‘lsa ham hech bo‘lmaganda
uch yo‘nalishdagi istiqbollarni belgilab olishga majbur:
•
bozor evolutsiyasiga tegishlicha moslashish yoki yangi tovar bozorlariga
kirib borish uchun
kerak bo‘lgan investitsiyalar;
•
ko‘zda tutilayotgan buyurtmalar hajmi bilan moslashtirilishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish
dasturi, buyurtmalar hajmi o‘z navbatida, talabning mavsumiyligi,
tovarlarni ilgari surish va
hokazolarga bog‘liq bo‘ladi;
•
moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar, ular daromadlar
va xarajatlarning mo‘ljallari asosida hisoblanadi.
6.2-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni
Savdo korxonasi va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni 6.2-rasmda berilgan.
6.3-rasm. Korxona (firma)ning marketing faoliyati jarayoni
Strategik rejalashtirish jarayonida raqobatdoshlik tahlili, firmaning
kuchli va kuchsiz tomonlari,
firma uchun bozor mavqeyi tahlili, obro‘li raqobatchilar tahlili, sotish tizimiga yorib kirish tahlili,
shuningdek kommunikatsiya dasturi tahlil qilinadi. Agar firma maqsadi tovarni ishlab chiqarishni
kengaytirish
strategiyasiga mos kelsa, unda keyingi strategik yo‘llar bo‘lishi mumkin: segmentlar
uchun yangi tovarlarni yaratish, jami bozorlarni qamrab olish uchun markalar sonini uzluksiz
o‘stirish, qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini egallash va h.k.
6.4-rasm. Korxonaning ishlab chiqarish va bozor imkoniyatlarini baholash
Agar firmaning maqsadi bozorni strategik rivojlanishini amalga
oshira borib sotish hajmini
o‘stirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, quyidagi strategik yo‘llarni ko‘rib o‘tishi mumkin: sotish joylarini
kengaytirish, potensial mijozlar sonini o‘stirib sotish, intensivligini oshirish.
Dostları ilə paylaş: