qattiq qotishma bilan ta’minlangan kesuvchi asboblami charxlash va
qayrash uchun ishlatiladi.
Borsilikokarbid. Bu abraziv material borat kislotasi, ko‘mir va
qumni elektr yoyli pechda suyuqlantirish yo‘li bilan olinadi. Borsi
likokarbid o‘zining jilvirlash xossalari jihatidan bor karbidga nisbatan
ustunroq.
Abraziv materiallar elektr pechlarda suyuqlantirilgunga qadar
katta-katta xarsanglar shaklida bo‘ladi, bu xarsanglar maydala-
gichlarda maydalanadi, tuyiladi va kesuvchi o ‘tkir qirrali donalar hosil
qilinadi. Sun’iy abraziv materiallar tuyilgandan keyin donalarining
o ‘lchamlariga ko‘ra saralanadi. Elektr-korund donalari kesuvchi qirra-
larining yumaloqlik radiusi 8-14 mk, kremniy karbidi donalariniki esa
6 - 1 2
mk bo‘ladi.
Olmos jilvirlovchi materiallar ichida eng qattig‘i hisoblanadi va u,
asosan, jilvirlash toshlarini
qayrashda (o‘tkirlashda),
olmosli
keskichlar tayyorlashda va juda toza yuzalarining o ‘lchamlari esa aniq
bo‘lishi talab etiladigan detallarni jilvirlashda ishlatiladi. Olmosdan
qattiq qotishmadan qilingan (shtamp detallari va boshqalarga ishlov
berishda) hamda qattiq qotishma bilan ta’minlangan kesuvchi
asboblami qayrashda ham foydalaniladi.
Donadorlik.
Donadorlik deganda, abraziv maydalanganda hosil
bo'ladigan donalarining o‘lchami tushuniladi.
Jilvirlash
donalarining
va jilvirlash
kukuni
zarralarining
o ‘lchamlari va ulaming raqamlari elakning abraziv donalari o‘tadigan
ko‘zlarining chiziqli o £lchamlari bilan aniqlanadi va millimetming
yuzdan bir ulushlarida oichanadi.
DS ga ko‘ra, donadorligi bo‘yicha jilvir kukunlaming uch guruhi
bor:
1. 16, 20 raqamli
Dostları ilə paylaş: