IV-BOB. DINAMIKA. BOBNING MAQSADI:
• Dinamika haqida tushuncha berish.
• Dinamikaning asosiy masalalari va vazifalarini aniqlash.
• Moddiy nuqta harakat differensial tehglamalarini tuzish.
• Moddiy nuqtaning turli harakatlari dinamikasini oʻrganish.
• Dinamikaning umumiy teoremalari bilan tanishtirish.
• Qattiq jismlar yoki mexanik sistema dinamikasini oʻrganish.
4.1. Moddiy nuqta harakatining dinamikasi. Dinamika soʻzi ingliz tilidan olingan boʻlib, “oʻzgaruvchan”, “harakat”,
“aktiv”, “energiya” va boshqa juda koʻp ma’nolarni bildiradi. Bu soʻz barcha
fanlarda ishlatilib, oʻzgaruvchi jarayonlarning xususiyatlarini aniqlaydi.
Mexanika fanida
dinamika – kuch ta’siridagi jismlarning harakatini toʻliq oʻrganadigan qismiga aytiladi. Chet el adabiyotida mexanikaning juda koʼp qismi,
hatto butun “Nazariy mexanika” fani ham ba’zida “Dinamika” deb nomlanadi,
sababi statika va kinematika qismlari dinamikaning xususiy xoli hisoblanadi.
Nazariy mexanikaning dinamika qismi ham shartli ravishda ikkiga boʻlinadi:
1.
Moddiy nuqta dinamikasi.
2.
Qattiq jismlar (mexanik sistema) dinamikasi.
Dinamikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a.
moddiy nuqtaga (jismga) ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash;
b.
harakat differensiyal tenglamalarini tuzish;
d. harakat qonunini differensiyallash (hosila olish) yoki harakat
differensial tenglamalarini integrallash yordamida dinamik
kattaliklarni aniqlash.
Moddiy nuqta yoki qattiq jism harakati differensial tenglamalarini
tuzishning ikki usuli mavjud:
192
1.
Nyutonning 2-qonuni ifodasi-dinamikaning asosiy formulasi
yordamida dekart koordinatalari koʻrinishida.
2.
Analitik mexanika boʻlimidagi Lagranj tenglamalari, kinetik
energiya va umulashgan koordinatalar, koʻrinishida.